Tashqi savdo siyosatining mohiyati va ahamiyati


Respublikaning tashqi savdo aylanmasi



Download 0,86 Mb.
bet11/11
Sana07.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#167283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdo siyosati
1.FUTBOL O‘YINI HAMDA MASHQLAR TEXNIKASINI, O'z .T-11-1, O'z .T-11-1, Kirish, Kurs iwi Transport 2021, 1Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan test savoll, Презентация Microsoft PowerPoint, Innovatsion foliyatning tashkiliy shakillari, 1. Anketa (talabalar)Madina, Samandar gulmirzayev 1, 1503754504 66484, Mitoxondrial genom, Boysun tuman 1, 2-амалий топширик

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi


(2017 yilning yanvar–dekabrida)4




Mln. AQSH

dollari

2016 yilning yanvar–dekabriga nisbatan,

% hisobida

Jamiga nisbatan foiz hisobida

Tashqi savdo aylanmasi

26907,0

111,0

100,0

MDH davlatlari

9737,7

116,1

36,2

boshqa davlatlar

17169,3

108,4

63,8

Eksport

13893,6

114,9

100,0

MDH davlatlari

5233,5

120,6

37,7

boshqa davlatlar

8660,1

111,7

62,3

Import

13013,4

107,2

100,0

MDH davlatlari

4504,2

111,2

34,6

boshqa davlatlar

8509,2

105,2

65,4

Saldo

880,2

x

x

MDH davlatlari

729,3

x

x

boshqa davlatlar

150,9

x

x

YAnvar-dekabr oylari uchun MDH va boshqa davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi quyidagicha ifodalanadi:



1-rasm. 2017 yil davomida MDH va boshqa davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi, %.5

Respublika rezidentlari tomonidan tashqi savdo operatsiyalari asosan Osiyo (47,4 %), Evropa (42,7 %) va Amerika (2,3 %) davlatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lib, jami savdo aylanmasining 92,4 % tashkil qildi.


4-jadval.


Respublika tashqi savdo aylanmasining qit’alar bo‘yicha taqsimlanishi

(2017 yilning yanvar–dekabrida) mln. AQSH dollari6





Eksport


Import

Taqshi savdo aylanmasi

2016 yilning yanvar–dekabriga nisbatan

% hisobida

Jamiga nisbatan, %da

Jami 1)

13893,6

13013,4

111,0

100,0

shu jumladan:

Evropa

6156,0

5325,7

112,3

42,7

Osiyo

6023,1

6728,9

111,5

47,4

Amerika

80,3

549,9

61,8

2,3

Afrika

7,0

21,1

81,2

0,1

Avstraliya va

Okeaniya


0,3

3,4

100,5

0,0

Umuman mamlakatimiz tashqi savdosida jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining hissasi ortib bormoqda. MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari asosiy hamkorlarimiz hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,5 %ni tashkil qilsa, boshqa uzoq xorij hamkorlarimiz orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSH, Italiya davlatlari hisoblanadi va ularning ulushi 41,9 %ni tashkil qiladi.




2-rasm. Respublika tovar aylanmasida nisbatan katta ulushga ega bo‘lgan davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi


(2017 yilning yanvar–dekabrida)7

2017 yilning yanvar–dekabrida MDH va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo tarkibi quyidagicha ifodalanadi:



Paxta tolasi






Oziq-ovqat mahsulotlari

Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar






Energiya manbaalari va neft mahsulotlari

Qora va rangli metallar






Mashina va asbob-uskunalar

Xizmatlar







Boshqalar


3-rasm. 2017 yil bo‘yicha MDH va boshqa davlatlar bilan eksport tarkibi Eksport8

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tuzilmalarida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoda faqat xomashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berildi. Xususan, eksport tarkibida paxta tolasining ulushi (2000 yilda 27,5%ga) keskin kamayib borgan va 2017 yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 3,4%ni tashkil qilgan. SHuningdek, eksport tarkibida boshqa tovarlar guruhi 35,7 % ulush bilan muayyan o‘ringa ega bo‘lib, bunda ushbu guruhga kiruvchi tekstil mahsulotlarining hajmi 1133,2 mln.







Oziq-ovqat mahsulotlari

Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar

Energiya manbaalari va neft mahsulotlari

Qora va rangli metallar

Mashina va asbob-uskunalar

Xizmatlar

Boshqalar





4-rasm. 2017 yil bo`yicha MDH va boshqa davlatlar bilan import tarkibi9

AQSH dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,8 % o‘sdi, xizmatlar 25,2%ga, shundan 11,6 % transport xizmatlariga, 11,4 % esa turizm xizmatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan hamda energiya manbalari va neft mahsulotlari 13,8%ga va oziq-ovqat mahsulotlari 6,3%ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘z navbatida mamlakat eksport salohiyatidagi rivojlanish tendensiyasini ko‘rsatadi.



0paxta tolasi

oziq-ovqat mahsulotlari

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar

energiya manbaalari va neft

mahsulotlari



qora va rangli metallar
mashina va asbob-uskunalar

xizmatlar

boshqalar


5-rasm. Tovar va xizmatlarning eksport tarkibi, jamiga nisbatan foizda (tashqi aylana 2017 yil yanvar–dekabr, ichki aylana 2016 yil yanvar–dekabr uchun)10

Import tarkibining asosiy ulushi 38,9% bilan mashina va asbob- uskunalar guruhi va 16,5% bilan kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar guruhi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimiz tashqi savdo hajmining yaqin kelajakda asosiy salmog‘idan birini tashkil qilishi kutilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti hajmi 2017 yil yakunlari bo‘yicha 708,8 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan 2016 yilga nisbatan 15,6 %ga oshdi.



oziq-ovqat mahsulotlari

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar

energiya manbaalari va neft mahsulotlari

qora va rangli metallar mashina va asbob-uskunalar

xizmatlar boshqalar

6-rasm.Tovar va xizmatlarning import tarkibi, jamiga nisbatan foizda (tashqi aylana 2017 yil yanvar–dekabr, ichki aylana 2016 yil yanvar–dekabr uchun)11

Tashqi savdo aylanmasidagi meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 46,4%), Rossiya (18,0%), Afg‘oniston (6,6%),

Xitoy (5,7%), Turkiya (4,5%), va Qirg‘iziston (4,3%) hisoblanadi. Olib borilgan statistik tahlillarimiz ko‘rsatishicha, meva-sabzavot mahsulotlari 2016 yilda 697 ta eksportyor tomonidan 51 ta davlatga eksport qilingan bo‘lsa, 2017 yilda 929 ta eksportyor tomonidan 62 ta davlatga eksport qilishga erishildi.




7-rasm.Yirik xamkor davlatlar bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksportdagi ulushi, %12


Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti turlari va geografiyasi yildan yilga kengayib, Bolgariya, SHri-Lanka, Indoneziya, Filipin, Gretsiya, Qatar, Xarvatiya va Malta davlatlariga birinchi marotaba 2017 yilda meva- sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Jumladan 2017 yilda quritilgan mevalardan magiz va o‘rik turshagi Bolgariya va SHri-Lanka davlatlariga, qovun Kanada davlatiga, uzum, nok, gilos mahsulotlari Mo‘g‘iliston davlatiga eksporti amalga oshirildi.

Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ta’minlashga intiladi. CHunki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, birinchidan, xalqaro darajada milliy mahsulot hajmi va ulardan olinadigan daromadning ko‘payishini, ikkinchidan, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda mavjud resurslardan samarali foydalanishni, uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar nufuzining oshishiga olib keladi va eng asosiysi aholining farovon yashashini ta’minlaydi.

Tahlil natijalariga asoslangan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida eksportni yanada ko‘paytirishning istiqbolli imkoniyatlari quyidagilardan iborat. Ya’ni:



  • mamlakatdagi nafaqat siyosiy barqarorlik, balki o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta’minlanganligi; mamlakatimizda savdo-sotiqni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi;

  • mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz yo‘llari mavjud bo‘lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya’ni SHarq va G‘arb dunyosini bir-biri bilan bog‘laydigan Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi;

  • qishloq xo‘jaligi va uni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarining yuqoriligi hamda mamlakatning turli xil mineral- xomashyo resurslariga boyligi;

  • eksportchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalarning ajratilayotganligi;

  • an’anaviy bozorlardan chetlashgan holda eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirish, mahalliy brendlarni ilgari surish;

  • tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar;

  • savdo munosabatlari va investitsiyalar ixtiyoriy davlat uchun iqtisodiyot rivoji manbai bo‘lib kelganligi uchun tashqi savdoda turli to‘siq va cheklanishlar olib tashlanishi hisobiga kengayib bormoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlarimiz o‘z munosabatlarini yangidan ko‘rib chiqmoqda va mamlakatimiz foydasiga kengaytirmoqda;

  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik doirasida tovarlar va xizmatlar savdosi, sanoat hamkorligi, investitsiyalarni himoya qilish va rivojlantirish, davlat buyurtmalari, standartlash, xomashyo va tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasi, energetika, transport, atrof-muhit himoyasi, telekommunikatsiya, xususiylashtirish, ijtimoiy sohada, kichik korxonalar, istemolchi huquqini himoya qilish, bojxona ishi va ayniqsa turizm kabi sohalar o‘z aksini topgan.



  1. O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosatining takomillashtirish yo‘nalishlari

Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy ko‘rsatkichlari bilan sust bog‘langanligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Respublikaning investitsiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib hisoblandi:

birinchi – raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonning ustuvor soha, tarmoq va hududlariga investitsiya kiritish uchun qulay investitsiya iqlimi va rag‘batlarni yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investitsiyalarni faol jalb qilish va savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi;

ikkinchi – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi markazlashgan investitsiyalarning boshqaruv tizimini yaratish;

uchinchi – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish uchun xorijiy, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik va investitsiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish;

to‘rtinchi – respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy investorlar, savdo bo‘yicha hamkorlar, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro samarali aloqalarini ta’minlash;

beshinchi – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish;

oltinchi – eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, savdo, shu jumladan, tashqi savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

ettinchi – mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, etkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish;

sakkizinchi – tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy qilishni hamda ularning xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, savdoning barqaror o‘sishi va investitsiya siyosatini faollashtirishni ta’minlovchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari tashkil etish.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;

mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvatlash strategiyasini, shu jumladan, uni rag‘batlantiruvchi instrumentlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining ichki va tashqi bozorlardagi savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi choralarni qo‘llash qismi bo‘yicha harakatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda davlat organlari vakolatlarining investitsiyaviy, shuningdek, savdo faoliyatiga ta’sir etish nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va qo‘llaniladigan choralarni Vazirlik bilan kelishish tartibini tasdiqlandi.

4. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy hamkorlik masalalari borasidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;

investorlar bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga ko‘maklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tiziminingsamarali ishlashiga ko‘maklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qo‘llash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;

tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.

Vazirlik investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni o‘rganishni ta’minlaydi;

Vazirlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Vazirlikning so‘roviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi;

Vazirlik tegishli idoralarning investitsiya siklining har bir bosqichida investorlarga hamrohlik qilishi, byurokratik ko‘rinishlarning oldini olgan holda yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni, shu jumladan, investitsiyadan keyingi davrda hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilishini tashkil qiladi;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi ustun bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tashabbusi bilan qiymati 10 million AQSH dollaridan ortiq ekvivalentdagi investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi kelishuvlar Vazirlik bilan oldindan kelishilishi shart;

davlat organlari va tashkilotlarga investorlar, shuningdek, investitsiya ishtirokidagi tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarni Vazirlik tomonidan monitoring qilish uchun ularning nusxalari murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda “Investitsiya portali”ga joylashtiriladi;

Vazirlik doimiy asosda investorlar murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilishini ta’minlaydi va investorlarning, shu jumladan, salohiyatli investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vazirlik bilan kelishilishi lozim.

6. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarda, ularning hududiy bo‘linmalarida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi:

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, investorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, tegishli tarmoq yoki hududning investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar va axborotlarni tizimlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan investorlar va investitsiya ishtirokidagi tashkilotlar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini monitoring qilindi;

b) 2019 yil 1 martga qadar “Investitsiya portali”da investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarining markazlashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy qilinmoqda;

v) Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi negizida tashqi savdo statistikasini hisobga olish, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, Vazirlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan byudjetdan tashqari va qarz mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlarini rag‘batlantirish (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa mukofot pullarini to‘lash) manbalari hisoblanadi;

Vazirlik xodimlarining mehnatiga byudjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq to‘lash shartlari investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

8. Vazirlikka xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari mutaxassislarini investitsiya siklining barcha bosqichlarida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlariga jalb etish huquqi berildi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.Mamlakatimizda olib borilgan islohatlarning ilk davridan e`tiboran respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e`tibor qaratildi.

Mustaqillik yillarida Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa institutsional tarkib tuzilmalari shakllandi. Jahon andozalariga mos keluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi me`yoriy –huquqiy asoslar yaratildi. Xorijiy investitsiyalarning mamlakatimiz hududida erkin faoliyat ko‘rsatishini va ishonchli kafolatni ta`minlovchi qulay investitsion muhit yuzaga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatmoqda. Ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.

SHunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, korxona va tashkilotlariga, shu jumladan respublikadagi xorijiy korxonalar va qo‘shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz- ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko‘rinishida o‘zaro ayirboshlab kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O‘z navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog‘liq bo‘lgan. CHunki, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabning oshib borishi ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –T.: 2018 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 17.01.2018 y. PQ-3479

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 11.04.2018 y. PQ-3662

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”05.05.2018 y. PQ-3697

  5. SH.M.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi/ Xalq so‘zi, 2017 yil, 16 yanvar.

  6. Z.A. Djumaev. Makroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2018 – 300 b.

  7. Denison e. Accounting for United States economic Growth, 1929-1969.

  8. Strijkova L. Faktorы ekonomicheskogo rosta // Ekonomist. –M.: 2004, №6. s.7-13.

  9. Vaxobov A. Va boshqalar. Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.T.: Baktria press.2015 584 b.

  10. Nazarova G.va boshqalar. Jaxon iqtisodiyotining globallashuvi. T.: TDIU, 2011 320 bet

  11. Alimov A., Hamedov I. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O‘AJNT, 2004 491 bet

  12. Jalolov J.va boshqalar. Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: Iqtisodiyot, 2011 176 bet

Internet saylar


  1. www.iqtisodiyot.uz

  2. www.Lex.uz

  3. www.stat.uz



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018-yil 5-aprel, PF-5400 sonli Farmoni

2 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Xarakatlar strategiyasi to`g`risida» PF-4947-son Farmoni

3 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 noyabrdagi FQ-3351-sonli Qarori

4 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

5 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

6 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

7 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

8 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

9 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

10 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

11 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.

12 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti