Mantiqiy funktiyalar.
Ayrim amaliy maalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday holda quyidagi shartli funktsiyadan foydalaniladi:
IF(; 1-ifoda; 2- ifoda)
Ishlash printsipi quyidagicha: ning qiymati «chin» bo`lsa, <1-ifoda>, «yolg`on» bo`lsa, <2- ifoda> bajariladi.
Diagrammalar yasash. Diagrammalar electron jadvalning ajralmas qismi bo`lib, uni grafiklar dab ham yuritiladi.
Diagramma – jadval ko`rinishida berilgan ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash usuli bo`lib, unda tasvirlangan ma’lumotlar tushunishga oson bo`libgina qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan, ko`p sonlar va bu sonlar orasidagi bog`liqlikni tasvirlashda disgrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi va undagi o`zgarishlarni diagramma yordamida aniqlash mumkin. Bu narsani faqat faqat sonlarning o`zlariga qarab aniqlashjuda mushkul. Diagrammalar ishchi jadval vaqarlaridagi ma’lumotlar (sonlar) asosida yasaladi. Shuning uchun diagramma yasashdan oldin sonlarni hosil qilish lozim. Odatda, diagramma yasash uchun kerak bo`ladigan sonlar bitta varaqda yoki alohida faylda joylashadi. Umuman, bu shart ermas. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi varaqlardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ish kitoblardan ham.
Diagramma tashkil qilish.
Odatda diagrammalar diagrammalar ustasi funktsiyasi yordamida tashkil qilinadi. Uni ishga tushirish uchun Стандартная uskunalar panelidan [Мастер диаграмм] bosish kerak. Yoki Вставка menyusining Диаграмма buyrug`ini ishga tushirish lozim. Diagramma tashkil qilishda ishchi varag`idagi kerakli ma’lumotlar joylashgan kataklar ajratilgan bo`lishi shart. Natijada qiuyidagi muloqat oyna hosil bo`ladi. Diagramma tashkil qilish 4 qadamdan iborat.
Birinchi qadamda diagrammaning tashqi ko`rinishi, ya’ni turi tanlanadi. Oynaning Стандартные sahifasidagi keltirilgan variantlar ma’qul bo`lmasa, u holda Нестандартные sahifasidan tanlash mumkin. Oxirgi natijani baholash uchun oynaning [Просмотр результата] tugamasidan foydalanish mumkin.
Diagramma ustasining navbatdagi qadamga o`tish [Далее] tugamsini boish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari oyanada quyidagi tugamalar ham mavjud:
[Помощник] – kerakli ma’lumot olish uchun xizmat qiladi;
[Отмена] – diagaramma tashkil qilishni bekor qiladi;
[Назад] – bir qadam ortga qaytadi;
[Далее] – navbatdagi qadamga o`tish;
[Готово] – diagramma ustasi ishini yakunlash.
Diagaramma ustasining umumiy qadamlar va joriy qadam soni uning sarlavhasida aks ettiriladi.
Ikkinchi qadamda, oynaning Диапазон данных sahifasida Диапазон maydonida berilganlar diapazonini ko`rsatish kerak, bu avval bajarilmagan bo`lsa, shu bilan birga, berilganlarni joylashishini ham aniqlash lozim. Bu Ряды в: maydoning Строках –satrlarda yoki Столбцах – ustunlarda joylashtirishlarning biri tanlanadi.
Ряд sahifasida esa berilganlar joylashgan satrlarning nomlari va qiymatlari aniqlanadi (Ряд ro`yxatining Список va Значение maydonlarida), shu bilan birga, Подписи оси X da X o`qining qiymatlarini aniqlash kerak.
Uchinchi qadam diagrammaning turli elementlarni kiritish va aniqlash imkonini beradi. Oyaning sahifalari quyida alohida alohida tavsiflangan:
Заголовки – diagramma nomi va uning koordinata o`qlari nomlarnini kiritish uchun xizmat qiladi;
Оси – u yoki bu koordinata o`qlarni chiqarish;
Линии сетки – diagarmmaga mos to`rlar qo`yish uchun xizmat qiladi;
Легенда – legendani (diagramma bo`yicha qisqa ma’lumot) hosil qilish va uning diagrammaga mos holda joylashtirish uchun ishlatiladi;
Подписи данных – berilganlarning aniq qiymatlarini diagrammaga bog`liq holda hosil qilish;
Таблица данных – diagramma ostida har bir berilganlar satr uchun qiymatlarini jadvalda hosil qilish.
Shunday qilib oxirgi qadam, ya’ni to`rtinchi qadamda diagrammaning ish kitobining qayerida joylashish joyi aniqlanadi. Digarammani alohida varaqda yoki joriy varaqda joylashtirish mumkin, u amalarni mos holda oyaning Поместить диаграмму на листе: maydonidagi Отдельном yoki Имеющемся buyruqlaridan birini tanlash bilan amalga oshiriladi. [Готово] tugmasi bosilishi bilan diagramma tashkil qilish tugallanadi.
Diagrammani ko`chirish va uning o`lchamlarini o`zgartirish. Diagramma tashkil qilingandan so`ng, uning joyini va kerk bo`lganda o`lchamini o`zgartirishga to`gri keladi. Diagrammani boshqa joyga ko`cherish uchun uning chekkasida sichqoncha ko`rsatkichi bilan ushlab, varaqning ixtiyoriy joyliga siljitiladi. Agar bu amalni [Alt] tugmasini bosib turgan holda amalga oshirilsa, u holda diagramma aniq kataklar bo`yicha joyklashadi.
Agar diagrammaning biror elemnti ushlab olinsa, u holda uning elementining joyini almashtirish mumkin. Diagramma tashkil qilinishi bilan, shular aniq bo`ladiki, ba’zi elementlarga joy etishmaydi, ba’zilariga esa aksincha ular ko`p joy egallagan. Bunday yetishmovchiliklarni yo`qotish juda oson. Diagrammaning ixtiyoriy elementini sichqoncha bilan bosilsa, bu element chetlarida kichkina kvadratchalardan iborat to`g`ri to`rtburchak shaklida ajratiladi. Bu kavadratlarning ixtiyoriysini ushlab siljitish bilan bu elementning o`lchami o`zgaradi, ya’ni kichrayadi yoki kattalashadi. Agar diagrammaning chetiga sichqoncha bosilsa, u holda rasm to`liq ajratiladi. Bu holda kichrayish yoki kattalashish endi diagrammaning barcha elementlariga taaluqli bo`ladi.
Berilganlarni bir maydonda saralash. Agar ustunda joylashgan ma’lumotlarni saralash kerak bo`lsa, avvalo bu ustunni sarlavhasi bilan ajratish lozim. Agar ma’lumotlarni alifbo bo`yicha o`sish tartibida saralash kerak bo`lsa, u holda Стандартная uskunalar panelining [По возрастанию] tugmasini bosish kerak. Agar ma’lumotlarni alifbo bo`yicha kamayish tartibida saralash kerak bo`lsa, u holda Стандартная uskunalar panelining [По убыванию] tugmasini bosish kerak.
Saralashning murakkab holari. Agar saralashni bir emas bir necha ustunlar bo`yicha amalga osirishga to`g`ri kelsa, u holda Данные menyusining Сортировка buyrug`ini ishga tushiri kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kerakli ustunlarni avval ajratilishi shart. Natijada quyidagi muloqat oyna hosil bo`ladi. Bu oynaning Сортировать по maydonida birinchi saralanishi kerak bo`lgan ustun ko`rsatilishi lozim. Agar berilganlar strukturasi murakkab bo`lsa, u holda oynaning Затем по maydonida ikkinchi ustunni ham ko`rsatish mumkin va nihoyat oynaning В последнюю очередь по maydonida oxirgi saralash kerak bo`lgan ustun ko`rsatiladi. Har maydonda saralashning По возрастанию (o`sish) yoki По убыванию (kamayish) tartibini tanlashni unitmaslik kerak.
Ro`yxatdagi berilganlarni filtrlash. Ko`rsatilgan shartlar asosida berilganlarning ma’lum bir qismini chiqarish juda qulaylik tug`diradi. Bu beriulganlarni filtrlash orqali amalga oshiriladi.
Avtofiltr. Ro`yxatdagi ma’lum bir berilganlarni chiqarishning oddiy bir usuli bu avtofiltrdan foydalanishdir.
Bu usulni qo`llash uchun Данные menyusining Фильтр buyrug`ini ishga tanlash kerak. Hosil bo`ladigan ost mnenyudan Автофильтр buyrug`ini tanlash kerak. Kerakli ustunlar jaratiligan bo`lishi lozim. Ustun sarlavhasining har birining yonida kichkina quyiga yo`naltirilgan ko`rsatkich, [Стрелка автофильтра] ko`rsatkichi hosil bo`ladi. Agar bu tugma bosilsa, menyu ochiladi, unda avtofiltrning buyruqlari joylashgan, shu bilan birga joriy ustunning qiymatlari ham mavjud bo`ladi. Yuqorida aytilagan variantlardan birini tanlash bilan kiritilayotgan ma’lumotlarning ma’lum bir hajmini qisqartirishga erishiladi.
Quyidagi rasmda e’tibor bering, avtofiltrning [Стрелка автофильтра] ko`rsatkichi ko`k rangda, shu bilan birga ro`yxatga kiruvch satr nomi ham shu rangdadir.
Bir vaqtning o`zida bir nechta avtofiltrlardan foydalanish mumkin. Avtofiltr funktsiyasini bekor qilish uchun yana qaytatdan Данные menyusining Фильтр buyrug`ini ishga tanlash kerak. Hosil bo`ladigan ost mnenyudan Автофильтр buyrug`ini tanlash kerak.
Shakllardan foydalanib saralash. Berilganlarni biror shaklda tartiblash ham mumkin. Buning uchun Данные menyusining Форма buyrugini ishgatushirish bilan shakni chaqiriladi. Avvaldan kerakli ustular ajratilib olinishi shart. Hosil bo`lgan muloqat oynada barcha satrlar bo`yicha ma’lumotlar keltirilgan, shu bilan birga har bir alohida holat bir yozuvda alohida ko`rsatiladi. Oxirgisi esa bo`sh, bunda ro`yxatga yangi satrni kiritish mumkin.
[Добавить] – shakl maydonini yangi yozuvlar kiritish uchun tozalsh;
[Удалить] – joriy yozuvni ro`yxatdan yo`qotish;
[Вернуть] – joriy yozuvda kiritilgan barcha o`zgarishlarni bekor qilish;
[Назад] – ro`yxatdagi oldingi yozuvni chiqarish;
[Далее] – ro`yxatda mavjud bo`lgan navbatdagi yozuvni chiqarish;
[Критерии] – kriteriya bo`yicha berilganlarni izlash rejimiga o`tish;
[Закрыть] – muloqat oynani yopish.
Do'stlaringiz bilan baham: |