2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.
Bajarish navbatiga ko‘ra barcha texnologik jarayonlarni uchta guruhga bo‘lish mumkin: axborotga mashina oldidan, mashina ichida va mashinadan keyin ishlov berish. Har bir guruh axborotga ishlov berish jarayonining tegishli bosqichini bajarishni ta’minlaydi va axborotni taqdim etishning kirish va chiqish shakllari bilan xarakterlanadi.
Axborotga mashina oldi ishlov berish axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish, dastlabki ishlov berish, ma’lumotlarni mashina tashuvchilarga ko‘chirish, ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatish, shuningdek nazorat operatsiyalarini bajarishni ko‘zda tutadi. Mashina oldidan ishlov berish operatsiyalari axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish, aloqa va kiritish kichik tizimlari doirasida bajariladi.
Axborot manbalaridan tushadigan axborot xabarlaridan ob’ektlarni tavsiflovchi axborot parametrlari (hujjatlarning belgilari, buyumlarning rekvizitlari va hokazo ) ajratib olinadi va ushbu AAT da qabul qilingan kirish shakllari tuziladi. Hujjatli AAT da dastlabki ishlov berish bosqichida hujjatlarga ma’no jihatidan ishlov berish operatsiyalari amalga oshiriladi, u referatlar, annotatsiyalar, bibliografik tavsiflar tuzish, indeklashdan iborat bo‘ladi. Olingan shakllar dastlabki tashuvchilar (blanklar, kartalar) da qayd etiladi Dastlabki ishlov berish operatsiyalari odatda qo‘lda bajariladi. Foydalanuvchilardan tushadigan so‘rovlarga ham dastlabki ishlov beriladi.
To‘ldirilgan kiritish shakllari ma’lumotlarni ulardan mashina tashuvchilarga o‘tkazish uchun uzatiladi. Mashina tashuvchilariga ma’lumotlarni kodlashtirish ma’lumotlarni tayyorlashning tegishli qurilmalarida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tayyorlashning perfokarta texnologiyalariga tayanadigan tizimlar axborotning texnik tashuvchisi sifatida perfokartalardan foydalanadi. Perfokartalarga va perfolentalarga perforatsiyalash, shuningdek perforatsiyalash sifatini nazorat qilish juda sermehnat operatsiyalar hisoblanadi.
Ma’lumotlarni tayyorlashda ma’lumotlar qurilma klaviaturasi bilan kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarning ekranda aks etib turishi ma’lumotlarni yozishnini ko‘z bilan nazorat qilib turish imkonini beradi. Ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalaridan foydalanishda ma’lumotlarni tayyorlash vaqti nazorat qilish va xatolarni tuzatish xarajatlari kamayishi hisobiga ancha qisqaradi.
Mashina tashuvchilarida kodlangan ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yuklash operatsion tizimning maxsus kiritish–chiqarish dasturlari boshqaruvi ostida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tayyorlashning ko‘p terminalli tizimlaridan foydalanilganida axborot kompyuterga displeyning o‘zidan kiritiladi. Bunda ma’lumotlarni tayyorlash texnologik jarayonining operatsiyalari soni kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |