HTML tili xaqida umumiy tushuncha va tilining teglari. HTML tilidagi boshqaruvga konstruksiyalar teglar (tegs) deb ataladi va xujjat matnga bevosita qo‘yiladi. Teg-bu belgilar (simvollar) to‘plamidir. Ularni yozish uchun burchak qavslar (“katta” va “kichik” belgilari) ishlatiladi, masalan: . Teglarni yozish sintaksisi umumiy xolda ko‘rinishga ega.
HTML tilidagi har bir teg maxsus vazifaga ega. Teglarning nomlarini yozish harflarning katta (yuqori registr) yoki kichik( quyi registr) harfi bilan yozishning ahamiyati yo‘q. Kompyuter uchun va yozuvlarini hech qanday farqi yo‘q, ularni bir xil qabul qiladi. Ammo, Web –sahifaga joylashtirilgan matnni teglardan ajratib turishini ta’minlash uchun, ularni bosh harflar bilan yozish tavsiya etiladi.
Burchak qavslarni orasiga joylashtirilmagan hamma ob’ektlarni interpretator matn unsuri (elementi) deb tushunadi va ularni kompyuter ekranida aks ettiradi (8.2-rasm).
8.2-rasm. Stillar tili.
Odatda, HTML tilidagi bir teg xujjatning faqat bir qismiga, masalan abzatsga ta’sir etadi. Bunday xollarda ya’ni boshlovchi va tugatuvchi juft teglardan foydalaniladi. Juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi ochiluvchi teg qo‘yilgan joydan boshlanadi va yopiluvchi teg qo‘yilgan joyda tugaydi. Xizmatchi so‘zlar oldida <> (egri chiziq belgisining mavjudligi bilan yopiluvchi teg ochiluvchidan farq qiladi. Umumiy xolda ochiluvchi va yopiluvchi teglar HTML tilining dasturiy qatori(kodi) da quyidagi ko‘rinishga ega: juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi .
Ochish va yopish teglari ichidagi matn konteyner (to contain — ichiga olgan) deb ataladi. Juft teglarning yopayotganda ichma-ich joylashish qoidasiga rioya qilish kerak. Bir-birining ichiga joylashgan ikki teg uchun oddiy bir misol quyida keltirilgan:
Ushbu matnga bir teg ta’sir ko‘rsatadi.
Bu matnga esa ikki teg ta’sir ko‘rsatatdi Ayrim teglar faqat o‘zi e’lon qilingan joyga ta’sir etadi. Bunday xolda tegni yopishga zarurat yo‘q. Ular yakka teglar deb ataladi. Agar tegning nomini yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ya’ni HTML tilida mavjud bo‘lmagan so‘z yozilsa, u hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
NTMLning barcha teglari vazifasi va ishlash sohasiga ko‘ra ushbu asosiy guruhlarga bo‘linadi:
xujjat tuzilmasini aniqlovchi teglar;
gipermatn bo‘laklari(paragraflar, ro‘yxatlar, jadvallar, tasvirlar)ni tashkil etuvchi teglar;
gipermatn murojaatlari;
dialog tashkil etish uchun shakllar;
• dasturlarni chaqirish va h.k.
Har bir teg o‘z xususiyatlari (atributlar) ga ega bo‘lishi mumkin:
...