Ish kitobining bir necha ishchi varag`ini ajratish. Ish kitobining bir necha varag`ini ajratishning bir necha usullari bor. Agar ketma-ket joylashgan bir necha varaqni ajratish kerak bo`lsa, u holda ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchi varag`ini tanlab, gorizontal siljitish maydoni yonidagi uning yorlig`iga sichqonchani bosib, [Shift] tugmasini bosgan holda ajratilishi kerak bo`lgan varaqlarning oxirigisini sichqoncha bilan bosish kerak.
Ketma-ket joylashmagan varaqlarni ajratish kerak bo`lsa, ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchisini sichqoncha bilan belgilab, [Ctrl] tugmasini bosgan holda kerakli varaqlarni sichqoncha yordamida bosib chiqish kerak. [Ctrl] tugmasi bosilgan holda bir varaq ikki marta bosilsa uni ajratish bekor qilinadi. Ajratishni bekor qilish uchun boshqa varaq yorlig`ini bosish kerak.
Bir vaqtning o`zida ma’lumotlarni bir necha ishchi varaqlariga kiritish. Ish kitobining bir necha varag`iga ma’lumotlarni kiritish kerak bo`lsa, avvalo kerakli varaqlar ajratilishi shart. Shunday qilib, shu usul yordamida bir xil sarlavhali jadvallarning sarlavhasini bir necha varaqlarda joylashtirish mumkin. Ish kitobining aniq bir varag`iga ma’lumotlarni kiritishdan oldin ajratilgan varaqlarni qolganlarini ajratishni bekor qilish kerak.
Ustun enini va satr balandligi o`lchamini o`zgartirish. Excel da ishlaganda satr balandligini va ustun enini o`zgartirish kerak bo`ladigan hollar ko`p uchraydi. Ustun enini undagi katak belgilari soni bilan o`lchanadi. Bitta yoki bir necha ustun enini o`zgartirish uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish mumkin.
Dastlab kerakli ustun yoki ustunlar ajartiladi. Ustun nomi joylashgan satrda sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda, uning ko`rsatkichi ikki yoqlama strelka ko`rinishida bo`lib, sichqonchaning chap tugmasi qo`yib yuborilmasda o`ngga yoki chapga siljitiladi.
Menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Ширина buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi. Hosil b`olgan muloqat oynada kerakli qiymat kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.
Kerakli ustunlar ajratilib, menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Автоподборширины buyrug`ini ishga tushiriladi. Bu ajaratilgan ustunlar enini ustunlar ichidagi eng uzun ma’lumotga moslaydi.
Ish kitobini chop qilishdan oldindan ko`rish va chop qilish
Tayyor ish kitobini qog`ozga printerda chop qilish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |