Diagramma tashkil qilish. Odatda diagrammalar diagrammalar ustasi funktsiyasi yordamida tashkil qilinadi. Uni ishga tushirish uchun Стандартнаяuskunalar panelidan [Мастердиаграмм] bosish kerak. Yoki Вставкаmenyusining Диаграммаbuyrug`ini ishga tushirish lozim. Diagramma tashkil qilishda ishchi varag`idagi kerakli ma’lumotlar joylashgan kataklar ajratilgan bo`lishi shart. Natijada qiuyidagi muloqat oyna hosil bo`ladi. Diagramma tashkil qilish 4 qadamdan iborat.
Birinchi qadamda diagrammaning tashqi ko`rinishi, ya’ni turi tanlanadi. Oynaning Стандартныеsahifasidagi keltirilgan variantlar ma’qul bo`lmasa, u holda Нестандартные sahifasidan tanlash mumkin. Oxirgi natijani baholash uchun oynaning [Просмотррезультата] tugamasidan foydalanish mumkin.
Diagramma ustasining navbatdagi qadamga o`tish [Далее] tugamsini boish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari oyanada quyidagi tugamalar ham mavjud:
[Помощник] – kerakli ma’lumot olish uchun xizmat qiladi;
[Отмена] – diagaramma tashkil qilishni bekor qiladi;
[Назад] – bir qadam ortga qaytadi;
[Далее] – navbatdagi qadamga o`tish;
[Готово] – diagramma ustasi ishini yakunlash.
Diagaramma ustasining umumiy qadamlar va joriy qadam soni uning sarlavhasida aks ettiriladi.
Ikkinchi qadamda, oynaning Диапазонданныхsahifasida Диапазон maydonida berilganlar diapazonini ko`rsatish kerak, bu avval bajarilmagan bo`lsa, shu bilan birga, berilganlarni joylashishini ham aniqlash lozim. Bu Рядыв: maydoning Строках–satrlarda yoki Столбцах – ustunlarda joylashtirishlarning biri tanlanadi.
Рядsahifasida esa berilganlar joylashgan satrlarning nomlari va qiymatlari aniqlanadi (Рядro`yxatining Списокva Значениеmaydonlarida), shu bilan birga, Подписиоси X da X o`qining qiymatlarini aniqlash kerak.
Uchinchi qadam diagrammaning turli elementlarni kiritish va aniqlash imkonini beradi. Oyaning sahifalari quyida alohida alohida tavsiflangan:
Заголовки – diagramma nomi va uning koordinata o`qlari nomlarnini kiritish uchun xizmat qiladi;
Оси – u yoki bu koordinata o`qlarni chiqarish;
Линии сетки – diagarmmaga mos to`rlar qo`yish uchun xizmat qiladi;
Легенда – legendani (diagramma bo`yicha qisqa ma’lumot) hosil qilish va uning diagrammaga mos holda joylashtirish uchun ishlatiladi;
Подписи данных – berilganlarning aniq qiymatlarini diagrammaga bog`liq holda hosil qilish;
Таблица данных – diagramma ostida har bir berilganlar satr uchun qiymatlarini jadvalda hosil qilish.
Shunday qilib oxirgi qadam, ya’ni to`rtinchi qadamda diagrammaning ish kitobining qayerida joylashish joyi aniqlanadi. Digarammani alohida varaqda yoki joriy varaqda joylashtirish mumkin, u amalarni mos holda oyaning Поместитьдиаграммуналисте: maydonidagi Отдельномyoki Имеющемсяbuyruqlaridan birini tanlash bilan amalga oshiriladi. [Готово] tugmasi bosilishi bilan diagramma tashkil qilish tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |