Slaydga rasmlar joylashtirish. Power Point dasturining o‘zida bo‘lgan rasmlar to‘plamidan biror rasmni joylashtirish uchun «Стандартный» panelidan «Добавить картинку» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Добавить картинку» tugmasini bosganda quyidagi oynani ekranda ko‘ramiz (3.13-rasm).
3.13-rasm. Slaydga tayyor rasmni joylashtirish oynasi.
Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Вставить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi.
Agar o‘zimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmoqchi bo‘lsak, menyuning «Вставка» bandidan «Рисунок» bandi va bu banddan «Из файла...» qism bandini tanlasak, quyidagi oynasi hosil bo‘ladi (3.14-rasm).
3.14-rasm. Saqlangan fayllar orqali rasm tanlash oynasi.
Bu erdan kerakli faylni tanlab «Добавить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnda qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |