Diagrammadan foydalanish
Diagrammadan foydalanish uchun «Вставка» menyusining “Диаграмма” buyrug’ini tanlash kerak, ekranda quyidagicha muloqat oynasi paydo bo’ladi:
|
|
Bu oynadan kerakli diagramma turi tanlanadi va “OK” tugmasi bosiladi va Microsoft Excel dasturiga murojaat qiladi.
Microsoft Excel dasturidagi ko’rsatgichlar o’zgartirilsa Microsoft Word dasturi mos ravishda o’zgaradi.
MATN MUHARRIRI MICROSOFT WORD IMKONIYATLARI.
WORD-Windowsning amaliy programmalaridan hisoblanib, matnli hujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiladi.
WORD- yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatli tayorlash mumkin. Programmaning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta hujjatlar bilan ishlash, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirich, matn yoniga tasvir tushirish, harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta o’lchamda chop etish mumkin.
Shunga qaramasdan, WORD ham ayrim « kamchiliklar» dan xoli emas. Masalan, matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari juda murakkab tarkibli poligrafik
( atlaslar, albomlar, jurnal muqovalari) mahsulotlarni tayorlashda foydalanish o’ng’ay emas.
Word ni ishga tushirish quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi:
Windows ishchi stolida tugmasini sichqoncha orqali ikki marta bosgan holda.
ПUСK – Программы – Microsoft Word
Tez ishga tushirish paneli orqali tugmasini sishqonchani bir marta bosgan holda
Program Files – Microsoft Office – Microsoft Word
Programmadan chiqish quyidagi ixtiyoriy yo’llar orqali amalga oshiriladi:
Sistemali menyu – Заkрыть
tugmasi orqali
Фаyл – Заkрыть
Alt + F4
Word ni ishga tushirgandan so’ng, uning oynasi ekranga chiqadi. Oyna elementlari quyidagilardan iborat:
Sarlavha satri;
Menyu satri (8 ta bo’lim ) va unga bog’langan asboblar paneli;
Gorizontal va vertikal lineykalar;
Gorizontal va vertikal o’tkazgich chiziqlari;
Ishchi maydon;
Holat satri.
Bu standart ko’rinishdan tashqari Разметка страницы, Вид bo’limi orqali oyna ko’rinishini, boshqa kerakli asboblar panelini ishga tushirish, mashtabni o’zgartirish, kolontitul qo’yish va h.k. ishlarni amalga oshirish mumkin.
Menyuning Файл bo’limi orqali yangi fayl, mavjud faylni ochish, saqlash, yuborish, bosmaga berish, yopish va h.k. larni amalga oshirish mumkin.
Справка bo’limi orqali esa sizga kerak bo’ladigan ma’lumotni rus tilida olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |