MS Word matn muxarririning yangi versiyasiyalari haqida umumiy ma'lumotlar. Microsoft Office amaliy dasturlarining avvalgi Microsoft Office 2007 gacha bo’lgan versiyalarida foydalanuvchi interfeysining asosini menyular, instrumentlar panellari va muloqat oynalari tashkil etardi. Bunday interfeys buyruqlar soni kam bo’lgan hollarda yaxshi natija berdi. Endilikda Microsoft Office dasturlarining bajaradigan funksiyalari ortib borganligi uchun undagi buyruqlarni eski interfeys holatida topish qiyinlashdi. Microsoft korporatsiyasi Microsoft Office 2007 amaliy dasturlar paketini ishlab chiqishga kirishilgan paytda ishlab chiqaruvchilar oldiga Microsoft Office amaliy dasturlar paketining asosiy ilova dasturlarida ishlashni qulaylashtirish vazifasini qo’ygan edi. Buning natijasida “Microsoft Office Fluent” deb nomlanuvchi yangi foydalanuvchi interfeysi yaratildikim, u foydalanuvchilarga Microsoft Office ilova dasturlar bilan ishlashda bir qancha qulayliklar beradi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysi dizayni dastur buyruqlarini qidirish va foydalanishni soddalashtirish maqsadida qayta ishlandi. Bundan tashqari dasturning ishchi maydoni buyruqlani oynadan olib-qo’yish imkoniyati hisobiga anchagina kengaydi va bu foydalanuvchiga bemalol ishlash imkonini yaratdi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysining bosh elementi “lenta” bo’lib, u dastur oynasining yuqori qismida gorizontal holda avvalgi versiyalardagi menyular va instrumentlar paneli satrlari o’rnida joylashgan.
2.1-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining lenta elementi
Lenta yordamida kerakli buyruqlar, boshqarish tugmalari, ochiluvchi ro’yhat ko’rinishidagi buyruqlar va boshqa elementlarni tez toppish mumkin. Buyruqlar vazifasiga ko’ra mantiqiy guruhlarga ajratib nomlangan holda joylashtirilgan. Bu lentalarni avvalgi versiyalardagi menyu va instrumentlar paneli bilan almashtirib, yoki o’chirib tashlab bo’lmaydi. Lekin ularni dastur oynasidan olish va qayta qo’yish mumkin. Masalan Microsoft Word 2010 versiyasida lentani oynadan olish yoki qo’yish uchun oynaning o’ng chetidagi “Свернуть ленту” va “Развернуть ленту” tugmalari mos holda bosish bilan yoki “Ctrl+F1” tugmalarini birgalikda bosish orqali yoki lenta nomi ustida sichqoncha tugmasini ketma ket ikki marta bosish bilan ham bajarish mumkin.
2.2-rasm. Microsoft MS Word 2010 dasturi interfeysining lenta elementini oynadan olish va qo’yish tugmasi keltirilgan
2.3-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining lenta elementinini yopilgan holati
Lentani yopilgan holda ishlatishda kerakli buyruqni berish uchun shu buyruq joylashgan lenta nomi sichqoncha ko’rsatkichi bilan bir marta bosiladi, natijada lenta ochiladi va kerakli buyruq tanlab olinadi. Masalan lenta yopilgan holda xujjat matni shiriftini o’zgartirish kerak bo’lsa, avval shu matn belgilanib olinadi. So’ng lenta nomlari keltirilgan qatordan “Главная” nomi ustiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, uning o’ng tugmasi bir marta bosiladi va ochilgan lentadan kerakli shrift tanlandi. Amal bajarilib bo’lgandan so’ng lenta avtomatik ravishda qayta yopilib qoladi.
Shuni takidlash lozimki MS Word 2007 versiyasida har bir lentadagi buyruqlar soni aniq va u o’zgarmasdir, ya’ni lentadan buyruqni olib tashlash yoki aksincha qo’shish mumkin emas edi. Lekin MS Word 2010 versiyasida buni aksi, ya’ni lenta nomlarini, oynada joylashish ketma ketligini o’zgartirish, buyruqlar qo’shish, bir so’z bilan aytganda lentani foydalanuvchi o’z istak hohishiga ko’ra sozlab olishi mumkin. Lentadagi ba’zi elementlar (buyruqlar) korinmas holatda berilgan. Ularni ko’rish uchun shu buyruq boglangan tugmachda aks ettirilgan kichik qora strelkani bosish kifoya. Lentani sozlash uchun “Файл →Параметры→Настройка ленты” buyrug’I beriladi va ochilgan muloqat oynadagi tugmachalr yordamida kerakli holda sozlanadi. Lentani standart sozlangan holatga keltirish uchun “Настройка ленты” muloqat oynasida joylashgan “Сброс” tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |