Funktsiyalar ustasi. Hisoblashlarda nafaqat yig`indidan balki, boshqa funktsiyalardan foydalanish mumkin. Excel dasturi har xil turdagi matematik, statistik, mantiqiy va boshqa turdagi funktsiyalarni o`zida saqlaydi. Foydalanuvchidan faqat ularning argumentlarini kiritish talab qilinadi. Excel da funktsiyalarni ishga tushirish uchun funktsiyalar ustasidan foydalaniladi. Avvalo, funktsiya ishlatilishi kerak bo`lgan formulani yozish kerak bo`lgan katak faollashtirilishi shart. Funktsiyalar ustasini ishga tushirish uchun Стандартная uskunalar panelining [Вставкафункции] tugmasini bosish kerak. Yoki Вставкаmenyusining Функцияbuyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada ekranda muloqat oyna hosil bo`ladi.
Avval, kerakli bo`lgan funktsiya taaluqli funktsiyalar katigoriyasini oynaning Категорияmaydonida tanlash kerak. Natijada bu maydon to`g`risida joylashgan Функцияmaydonida kerakli funktsiyaning nomi tanlanadi, bu birinchi qadam. Agar funktsiyaning nomiga qarab hech narsa tushunilmasa, u holda oynaning quyi qismida tanlangan funktsiya haqida ma’lumotnoma hosil bo`ladi. Kerakli funktsiya tanlanib bo`lingandan keyin [OK] tugmasi bosiladi va ikkinchi qadamga o`tiladi. Funktsiyani kiritishni bekor qilish uchun [Отмена] tugmasi bosiladi.
Funktsiyalar ustasining ikkinchi qadami, funktsiyaga argument berishdan iborat. Buning uchun formulalar palitrasidan foydalaniladi. Bunda bir necha usullardan foydalanish mumkin. Oddiy usuli, hosil bo`lgan maydonlarda kerakli qiymatlar va kataklarning manzillarini kiritish kerak. Argumentlar kiritilgandan keyin yangi argumentni kiritish uchun [Tab] tugmasini yoki sichqoncha ko`rsatkichi keyingi maydonga bosish kerak. Barcha argumentlar kiritilib bo`lingandan keyin [Enter] yoki [OK] tugmasini bosish zarur.
Ikkinchi usuli – funktsiyaning argumentlarni kiritisha shu argumentlar joylashgan kataklarni sichqoncha bilan tanlash orqali kiritish mumkin. Bu kataklarning manzillari formulalar palitrasining joriy maydonda hosil bo`ladi.
Agar palitra halaqit bersa, u holda kiritish maydoning oxirida sichonchani bir marta bosish kerak va u piktogramma shakliga o`tadi. Oynani asl holiga qaytarish uchun yana kiritish maydoning oxiriga sichqonchani yana bir marta bosish etarli. Bir formulada bir necha funktsiyalardan ham foydalanish mumkin.
Excel da quyidagi funktsiyalar katigoriyalaridan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |