Ish kitobining bir necha ishchi varag`ini ajratish. Ish kitobining bir necha varag`ini ajratishning bir necha usullari bor. Agar ketma-ket joylashgan bir necha varaqni ajratish kerak bo`lsa, u holda ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchi varag`ini tanlab, gorizontal siljitish maydoni yonidagi uning yorlig`iga sichqonchani bosib, [Shift] tugmasini bosgan holda ajratilishi kerak bo`lgan varaqlarning oxirigisini sichqoncha bilan bosish kerak.
Ketma-ket joylashmagan varaqlarni ajratish kerak bo`lsa, ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchisini sichqoncha bilan belgilab, [Ctrl] tugmasini bosgan holda kerakli varaqlarni sichqoncha yordamida bosib chiqish kerak. [Ctrl] tugmasi bosilgan holda bir varaq ikki marta bosilsa uni ajratish bekor qilinadi. Ajratishni bekor qilish uchun boshqa varaq yorlig`ini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |