Diagrammani ko`chirish va uning o`lchamlarini o`zgartirish. Diagramma tashkil qilingandan so`ng, uning joyini va kerk bo`lganda o`lchamini o`zgartirishga to`gri keladi. Diagrammani boshqa joyga ko`cherish uchun uning chekkasida sichqoncha ko`rsatkichi bilan ushlab, varaqning ixtiyoriy joyliga siljitiladi. Agar bu amalni [Alt] tugmasini bosib turgan holda amalga oshirilsa, u holda diagramma aniq kataklar bo`yicha joyklashadi.
Agar diagrammaning biror elemnti ushlab olinsa, u holda uning elementining joyini almashtirish mumkin. Diagramma tashkil qilinishi bilan, shular aniq bo`ladiki, ba’zi elementlarga joy etishmaydi, ba’zilariga esa aksincha ular ko`p joy egallagan. Bunday yetishmovchiliklarni yo`qotish juda oson. Diagrammaning ixtiyoriy elementini sichqoncha bilan bosilsa, bu element chetlarida kichkina kvadratchalardan iborat to`g`ri to`rtburchak shaklida ajratiladi. Bu kavadratlarning ixtiyoriysini ushlab siljitish bilan bu elementning o`lchami o`zgaradi, ya’ni kichrayadi yoki kattalashadi. Agar diagrammaning chetiga sichqoncha bosilsa, u holda rasm to`liq ajratiladi. Bu holda kichrayish yoki kattalashish endi diagrammaning barcha elementlariga taaluqli bo`ladi.
Berilganlarni bir maydonda saralash. Agar ustunda joylashgan ma’lumotlarni saralash kerak bo`lsa, avvalo bu ustunni sarlavhasi bilan ajratish lozim. Agar ma’lumotlarni alifbo bo`yicha o`sish tartibida saralash kerak bo`lsa, u holda Стандартная uskunalar panelining [По возрастанию] tugmasini bosish kerak. Agar ma’lumotlarni alifbo bo`yicha kamayish tartibida saralash kerak bo`lsa, u holda Стандартная uskunalar panelining [По убыванию] tugmasini bosish kerak.
Saralashning murakkab holari. Agar saralashni bir emas bir necha ustunlar bo`yicha amalga osirishga to`g`ri kelsa, u holda Данные menyusining Сортировка buyrug`ini ishga tushiri kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kerakli ustunlarni avval ajratilishi shart. Natijada quyidagi muloqat oyna hosil bo`ladi. Bu oynaning Сортировать по maydonida birinchi saralanishi kerak bo`lgan ustun ko`rsatilishi lozim. Agar berilganlar strukturasi murakkab bo`lsa, u holda oynaning Затем по maydonida ikkinchi ustunni ham ko`rsatish mumkin va nihoyat oynaning В последнюю очередь по maydonida oxirgi saralash kerak bo`lgan ustun ko`rsatiladi. Har maydonda saralashning По возрастанию (o`sish) yoki По убыванию (kamayish) tartibini tanlashni unitmaslik kerak.
Ro`yxatdagi berilganlarni filtrlash. Ko`rsatilgan shartlar asosida berilganlarning ma’lum bir qismini chiqarish juda qulaylik tug`diradi. Bu beriulganlarni filtrlash orqali amalga oshiriladi.
Avtofiltr. Ro`yxatdagi ma’lum bir berilganlarni chiqarishning oddiy bir usuli bu avtofiltrdan foydalanishdir.
Bu usulni qo`llash uchun Данные menyusining Фильтр buyrug`ini ishga tanlash kerak. Hosil bo`ladigan ost mnenyudan Автофильтр buyrug`ini tanlash kerak. Kerakli ustunlar jaratiligan bo`lishi lozim. Ustun sarlavhasining har birining yonida kichkina quyiga yo`naltirilgan ko`rsatkich, [Стрелка автофильтра] ko`rsatkichi hosil bo`ladi. Agar bu tugma bosilsa, menyu ochiladi, unda avtofiltrning buyruqlari joylashgan, shu bilan birga joriy ustunning qiymatlari ham mavjud bo`ladi. Yuqorida aytilagan variantlardan birini tanlash bilan kiritilayotgan ma’lumotlarning ma’lum bir hajmini qisqartirishga erishiladi.
Quyidagi rasmda e’tibor bering, avtofiltrning [Стрелка автофильтра] ko`rsatkichi ko`k rangda, shu bilan birga ro`yxatga kiruvch satr nomi ham shu rangdadir.
Bir vaqtning o`zida bir nechta avtofiltrlardan foydalanish mumkin. Avtofiltr funktsiyasini bekor qilish uchun yana qaytatdan Данные menyusining Фильтр buyrug`ini ishga tanlash kerak. Hosil bo`ladigan ost mnenyudan Автофильтр buyrug`ini tanlash kerak.
Shakllardan foydalanib saralash. Berilganlarni biror shaklda tartiblash ham mumkin. Buning uchun Данные menyusining Форма buyrugini ishgatushirish bilan shakni chaqiriladi. Avvaldan kerakli ustular ajratilib olinishi shart. Hosil bo`lgan muloqat oynada barcha satrlar bo`yicha ma’lumotlar keltirilgan, shu bilan birga har bir alohida holat bir yozuvda alohida ko`rsatiladi. Oxirgisi esa bo`sh, bunda ro`yxatga yangi satrni kiritish mumkin.
[Добавить] – shakl maydonini yangi yozuvlar kiritish uchun tozalsh;
[Удалить] – joriy yozuvni ro`yxatdan yo`qotish;
[Вернуть] – joriy yozuvda kiritilgan barcha o`zgarishlarni bekor qilish;
[Назад] – ro`yxatdagi oldingi yozuvni chiqarish;
[Далее] – ro`yxatda mavjud bo`lgan navbatdagi yozuvni chiqarish;
[Критерии] – kriteriya bo`yicha berilganlarni izlash rejimiga o`tish;
[Закрыть] – muloqat oynani yopish.