TASHQI ISSIQLIK ALMASHINUVI
1. Pechlarda tashqi issiqlik almashinuvi.
Pechlarda tashki issiqlik almashinuvi 3 xil rejimga bo‘linadi.
Radiatsiyali rejim.
Konveksiyali rejim.
Aralash rejim.
Radiatsiyali rejim deb pechning ishchi kamerasida qizdirilayotgan jism va devorga tushayotgan nurlanish tushuniladi. Radiatsiyali isitish ham o‘z navbatida 3 xil bo‘ladi.
1) Teng bo‘lingan issiqlik almashinuvi.
TG - gazning harorati; TD - devorning harorati; TM - metalning harorati; M.D - metalga va devorga issiqlik berish koeffitsenti; WG - gazning tezligi.
Olovning devorga va qizdirilayotgan materialning yuzasiga berilayotganissiqlik oqimlari teng bo‘lsa, unda ishchi kamerasi hajmi bo‘yicha olovning nurlanishi va haroratiga bir xil ta’sir qiladi.
QNG = QNGM
QNG.D = M (T‘’G -TM)
2. Konveksiyali rejim.
Bu rejimda asosan issiqlik berish konveksiya jarayonida sodir bo‘ladi, radiatsiya faqat o‘zgarmas koeffitsent orqali to‘g‘irlanadi.
Konveksiya rejimida issiqlik tashuvchilarga quyidagilar kiradi.
Gazsimon moddalar (tutun gazlari, qizigan bug‘lar).
Suyuqlik (erigan metallar, erigan minerallar).
Mayda bo‘lakli materiallarning qaynashi.
Konveksiya rejimida quyidagi tipdagi pechlar ishlaydi.
Past haroratli pechlar t = 6000C gacha
O‘rta haroratli pechlar t = 600 9500C
Yuqori haroratli pechlar t = 1100 11500C.
3. Aralash rejim.
Bu rejimlar uchun issiqlik almashinuv jarayonini hisoblashda quyidagi shartlar kabul kilinadi.
Ishchi bo‘shliq kameraning butun hajmida gaz haroratsi bir xil deb olinadi.
Metall yuzasiningturli nuqtalaridagi haroratlar ham bir xil deb olinadi.
Gazdan devorga konveksiya usulida berilgan issiqlik oqimi, devordan tashkariga chikgan issiqlik oqimiga teng deb olinadi.
Ammo lekin, pechning hajmida gaz harorati har xil; Material alanganing kalin joyida joylashgan bo‘lsa issiqlik olish ham bladi, agarda qizdirilayotgan material alnganing uch tomonida joylashgan bo‘lsa, shuncha issiqlik ko‘p ta’sir qiladi. Demak bunda asosan aralashtirish usuli ko‘p rol o‘ynaydi. Bunday tipdagi issiqlik almashinuvi radiatsiya konveksiyali rejim deyiladi.