1. Konsentratsiyalashgan (chegaralangan) o‘sish strategiyasi. Bunga shunday strategiyalar kiradiki, ular ikkita element – mahsulot va bozor elementlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Qolgan uch elementga tegishli bo‘lmaydigan sohaga, firmaning soha ichidagi mavqyeiga bog‘liq. Ushbu strategiyalarga asosan firma o‘z mahsuloti sifatini yaxshilashga yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishni boshlashga harakat qiladi. Bir vaqtning o‘zida u mavjud bozorda o‘z mavqyeini yaxshilashgagina emas, balki yangi bozorga o‘tishga ham intiladi. Konsentratsiyalashgan o‘sish strategiyalari muvaffaqiyatga erishgan sanoat korxonalari tarmog‘ida qo‘llaniladi. Bu strategiya ancha qulayligi va kam tavakkalchiligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Menejerlar psixologiyasi shundayki, ular tizimning o‘zgarishini yoqtirishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |