4-MAVZU. JAHON IQTISODIYOTI VA UNING TARKIBI
Darsning maqsadi: Jahon iqtisodiyoti va uning tarkibi, zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar o‘rganiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar.
2.Jahon xo‘jaligi tushunchasi.
3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
4.O‘zbekiston zamonaviy jahon xo‘jaligi tizimida.
Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Jahon xo‘jaligi uzoq tarixiy rivojlanish va taraqqiyot natijasidir. Jahon xo‘jaligining shakllanishining ob'ektiv asosi mehnat taqsimoti bo‘lib, bu holat milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqadi.
Jahon xo‘jaligi xalqaro mehnat taqsimoti asosida, savdo, ishlab chiqarish, moliya va ilmiy-texnik aloqalari bilan alohida milliy xo‘jaliklarning birlashuvidan iborat tizimdir.
Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotiga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
- jahon xo‘jaligi tarkibidagi davlatlarning tabiiy-iqlim sharoiti, yer usti va yer osti boyliklari bilan ta'minlanganlik darajasi, yer fondi;
- mamlakatda mavjud ish quchining iqtisodiy holati. Ishsizlik darajasi va ish kuchi migratsiyasi;
ishlab chiqarishning an'anaviyligi (masalan, qishloq xo‘jaligi, sanoat holati);
davlatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi;
iqtisodiy qoloq mamlakatlarning boy yetakchi davlatlar tomonidan moliyaviy ekspluatatsiyasi;
xalqaro transport tizimining rivojlanish darajasi, aloqaning taraqqiyoti;
davlatlar o‘rtasida konsessiya shartnomalari tuzilishi va ularning holati va hokazolar.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ahamiyati. Hozirgi sharoitda xo‘jalik aloqalarini baynalmillashtirish jarayoni kuchaymoqda va har bir alohida davlat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mustaxqamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari va ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot barqarorligini va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi.
XX asrda xo‘jalik hayotining baynalminallashuv yuz berdi. Baynalminallashuv natijasida jahon xo‘jaligi strukturasi shakllandi, u quyidagi tarkibdan iborat:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori
2) jahon kapitallar bozori
3) jahon ish kuchi bozori
4) xalqaro valyuta tizimi
5) xalqaro kredit-moliya tizimi
6) xalqaro ilmiy-axborot tizimi
Jahon xo‘jaligi sub'ektlari:
- davlatlar o‘z xalq xo‘jaligi komplekslari bilan;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashqilotlar va institutlar.
Jahon xo‘jaligi xalqaro mehnat taqsimoti asosida, savdo, ishlab chiqarish, moliya va ilmiy-texnik aloqalari bilan alohida milliy xo‘jaliklarning birlashuvidan iborat tizimdir.
Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotiga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
- Jahon xo‘jaligi tarkibidagi davlatlarning tabiiy-iqlim sharoiti, yer usti va yer osti boyliklari bilan ta'minlanganlik darajasi, yer fondi;
- mamlakatda mavjud ish kuchining iqtisodiy holati. Ishsizlik darajasi va ish kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning an'anaviyligi (masalan, qishloq xo‘jaligi, sanoat holati);
- davlatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi;
- iqtisodiy qoloq mamlakatlarning boy yetakchi davlatlar tomonidan moliyaviy ekspluatatsiyasi;
- xalqaro transport tizimining rivojlanish darajasi, aloqaning taraqqiyoti;
- davlatlar o‘rtasida shartnomalar tuzilishi va ularning holati va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |