Xalkaro valyuta munosabatlari - valyutalarning jahon xo‘jaligsdagi xarakati natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqgisodiy munosabatlar majmuasi.
Valyuta munosabatlari va takror ishlab chikdrish o‘rtasida bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xamda teskari) alokalar mavjud. Ularning ob'ektiv asosi bo‘lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni xisoblanadi.
Valyuta munosabatlarining shakllanishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining xukuqiy asoslari bo‘lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qovdalari xisoblanadi.
Valyuta munosabatlarining asosiy iыggirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, mamlakatlar, mamlakatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chikadi.
Rezident shaxe - muayyan davlagg hududida yashayotgan va shudavlat fuqarosi bulgan xamda mazkur davlat hududida faoliyat kursatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Norezident shaxs — muayyan davlat xududida yashab faoliyat kursatayotgan, birok shu davlat fuqarosi bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarning bo‘linmalari shular jumlasidandir.
Xalkaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar quyidagilardir:
- tovarlar eksporti va importining mavjudligi;
- xizmatlar eksporti va importining mavjud ligi;
- xalkaro kreditlarning jahon aylanmasidagi harakati;
- kapitallarning jahon aylanmasidagi harakati;
- notijorat tulovlarning mavjudligi (xorijiy davlatlarda savdo va diplomagik vakolatxonalarni ochish va saqlash, xorijiy davlatlarning xududida harbiy qismlar saklash, turizm, sport, madaniy tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan xorijiy valyutadagi to‘povlar).
Valyuta tizimi deb, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shakliga aytiladi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat shakli deyilishiga sabab shuki, milliy valyuta tizimi har bir mamlakatda davlat tomonidan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Jaxon valyuta tizimi esa, davlatlararo kelishuvlarga asosan tashkil topali. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy shakli deyilishining boisi shundaki, valyuta tizimi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, xalkaro qoidalar va boshkd me'yoriy hujjatlarning talablarini bajarish xalqaro munosabatlarning barcha sub'ektlari uchun majburiydir.
Masalan, Yamaykada qabul qilingan to‘rtinchi jahon valyuta tizimining talabiga asosan, oltindan davlatlar o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida foydalanish taqiqlandi.
Valyuta tizimining uch asosiy turi mavjud:
1. Milliy valyuta tizimi.
2. Mintakaviy valyuta tizimi
3. Jaxon valyuta tizimi.
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi va ular kuyidagi xalkaro valyuta tizimlarini o‘zida mujassamlashtiradi:
1. Parij valyuta tizimi;
2. Genuya valyuta tizimi;
3. Bretton-vuds valyuta tizimi;
4. Yamayka valyuta tizimi.
Birinchi jaxon valyuta tizimi 1867 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv natijasida tashkil toddi. Ushbu tizimda oltin-moneta standarti, ya'ni davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda to‘lov vositasi sifatida faqat oltindan foydalanish joriy etildi.
Birinchi jaxrn urushi davrida yuzaga kelgan iqgasodiy inqiroz natijasida birinchi jahon valyuta tizimi barham topdi va uning o‘rniga ikkinchi jahon valyuta tizimi yuzaga keldi. Mazkur tizim 1922 yilda Italiyaning Genuya shaxrida bo‘lib o‘ttan davlatlararo kelishuvning natijasi bo‘ldi. Uchinchi jahon valyuta tizimida oltin-deviz standart joriy qilindi. Buning ma'nosi shuki, davlatlararo munosabatlarda oltin bilan birga 30 ta mamlakatning milliy valyutalari xalqaro to‘lov vositasi sifatida e'tirof etildi. Ammo haqikatda Angliyaning funt sterlingi va oltin xalqaro to‘lov vosigasiga aylandi.
Buning sababi shundaki, birinchidan, Birinchi jahon urushi oqibatida funt sterling yevropadagi boshka valyutalarga nisbatan oz mikdorda qadrsizlandi, ikkinchidan, XX asrning 20-yillariga kelib jaxon savdosining 60 foizdan ortiq qismi Angliya banklari tomonidan funt sterlingda moliyalapggirilar edi, uchinchidan, Angliya ochiq iqtsodiyotga ega bo‘lib, shu sababli, Angliya bilan savdo-sotiq qilish oson edi, o‘z navbatida, Angliyadan tovar sotib olish uchun boshqa davlatlarga funt sterling kerak edi, uni topitgt uchun esa, Angliyagatovar sotish zarur edi.
1944 yilning 22 iyunida AQShning Bretton-Vuds shaxrida uchinchi jaxon valyuta tizimiga asos solindi. Mazkur tizimda erishilgan muhim natijalar kuyidagilardan iborat:
- AQSh dollari va Angliya funt sgerlingiga rasman jaxrnning zaxira valyutalari degan maqom berildi;
- milliy valyuta kursining oltin paritetdan tebranish chegarasi anfiy 1% dan musbat 1 % gacha bo‘lgan oraliq sifatida belgilab qo‘yildi;
- AKT II dollaridagi zaxiralarni oltinga almashtirish katiy belgilangan bahoda amalga oshirildi, ya'ni 1 unsiya oltin 35 dollarga almashtiriladigan bo‘ldi;
- XVF davlatlararo valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi organ sifatida tashkil etildi.
XX asrning 70-yillarida AQSh dollari kursining keskin tebrana boshlaganligi dollardan zaxira valyuta sifatida foydalanaetgan davlatlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, AKSh dollaridan kochish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, dollarning oltinga almashtirilishi natijasida AQSh oltsh zaxiralari miqsorining keskin kamayishi yuz berdi. Yuqorida qayd etilgan sabablar AQSh dollarining gegemonligiga asoslangan uchinchi jahon valyuta tizimining yemirilishiga va to‘rtinchi jahon valyuta tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘ddi. Ayniqsa, AQShning Vetnamda olib borgan uzoq yillik urushi natijasida Davlat byudjetining defitsiti miqdori keskin o‘sdi. Bu esa, dollar kursining keskin tebranishi uchun jiddiy asos bo‘ldi.
To‘rtinchi jahon valyuta tizimi Yamayka davlatining Kingston shahrida, 1976 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv natijasida yuzaga keldi va 1978 yilning aprelida ratifikatsiya qilindi.
To‘rtinchi jahon valyuta gnzimnling muxim natijalari kuyidagilardan iborat:
- oltinni demonetizatsiya qshgash rasman tugallandi;
- katiy belgilangan kurelar rejimi bekor qilindi;
- olgin-devie standarta SDR standarta bilan almashtirildi;
- XVFning valyuta munosabatlarini erkinlashtirishga ko‘maklashishini kuchaytirish belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |