TDAU “Agrologistika va biznes”
fakulteti dekani:
2020 yil “_____”__________________ ____________ Mamadiyarov D.
“Agrobiznes va investitsion
faoliyat” kafedrasi mudiri:
2020 yil “_____”___________________ ____________ Yusupov E.D.
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i ____________ Atabaev M.M.
1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizningg siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o‘tishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi.
Fanni o‘rganishdan maqsad — tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jihatlari va raqobat menejmenti bo‘yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
• tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentini tashkil etishning asosiy kategoriyalari, elementlari va tamoyillari, fanning nazariy asoslari va konseptual apparati, fanni uslubiy rivojlantirishning asosiy bosqichlari va uni rivojlantirish yo‘lidagi g‘oyalarni o‘gartirishning asosiy burchlarini bilishi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va raqobatni boshqarish nuqtai nazaridan korxonalarning tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalar to‘g‘risidagi yangi axborotlar tizimidan foydalanish, jarayonni boshqarishning asosiy yondashuvlarini maqsadlar asosida, yetuklik, ishlab chiqarish qobiliyati, moslashuvchanlik, funksionallik va hokazolar asosida tizimlashtira olishi;
turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliya, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |