Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH



Download 2,59 Mb.
bet31/238
Sana05.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#320439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

16-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH

1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi.

2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining yuzaga kelish jarayoni.

3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning qonuniy aktlari.


Davlat tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni faol tartibga solish o‘zining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlayotgan davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy manbasi xisoblanadi.

Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va tartibga solishning huquqiy bazasi shakllangan bo‘lib, bu me'yoriy xujjatlar asosida mamlakatimizning turli sohalar bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tashkil etish belgilab berilgan. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Qonunda tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin deb belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatda xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalashish va tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borildi.

Shu bilan birga, bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning amaldagi tizimi raqobatning bozor prinsiplari rivojlanishini rag‘batlantirmayapti. Xususan, olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha haddan tashqari keng imtiyozlar berilishi tarif jihatdan samarali tartibga solish imkonini bermayapti, vaholanki, individual preferensiyalar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun teng bo‘lmagan raqobat sharoitlarini yaratmoqda.

Raqobatbardosh ishlab chiqarishni kuchaytirishga, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini rag‘batlantirishga, ichki bozorni sifatli iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlashga qaratilgan bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida quyidagilar bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari etib belgilangan:


  • boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shilgan qiymat global zanjiriga uyg‘un integratsiyalashuvga yo‘naltirilgan ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda kuchaytirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif jihatdan tartibga solish tizimini ilg‘or xorijiy tajribani, xalqaro prinsiplar va normalarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

  • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoxud yetarli bo‘lmagan hajmda ishlab chiqariladigan hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va materiallar bilan ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalarni olib kirish uchun qulay shart-sharoitlarni saqlash;

  • bojxona rasmiylashtiruvida turi, maqsadi, xususiyati va tarkibi bo‘yicha o‘xshash, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha yaqin bo‘lgan tovarlarni bojxona to‘lovlarining pastroq stavkalari qo‘llaniladigan pozitsiyaga tasniflash holatlarini bartaraf etish maqsadida ushbu tovarlarga bojxona to‘lovlari stavkalarini unifikatsiya qilish;

  • aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiya qilish, uni inson sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llash.

2018 yil 1 sentyabrdan chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati o‘tkazilganda veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a'zo davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan majburiy muvofiqlik sertifikatlashtirishni amalga oshirish talab etilmaydi.

Tovarlarning «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi. Bunda, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan iste'mol tovarlarining ayrim turlari (iste'mol qadoqlariga ega bo‘lmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

«Bojxona ombori» rejimida olti oydan ko‘p bo‘lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan bojxona to‘lovlari yuzasidan taqdim etilgan imtiyozlar qo‘llanilmaydi.

Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilganda davlat organlariga «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab qilish man etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning narx-navo yuzasidan o‘zaro til biriktirish holatlarini hamda sog‘lom raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi o‘rinda – vakolatli organlar) faoliyatini o‘rganish natijalari ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.



“Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi o‘rinlarda – TIF) sub'ektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutilgan:

  • import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan ma'lumotlar va hujjatlarni yagona o‘tkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;

  • axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini ta'minlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish;

  • davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish;

  • barcha uchun ochiq bo‘lgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reestrlarini (keyingi o‘rinlarda – Reestrlar) yuritishga to‘liq o‘tish;

  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari to‘g‘risidagi ochiq ma'lumotlarni

  • eng so‘nggi ko‘rsatkichlar holatida ushlab turish;

  • dastlabki ma'lumotlar asosida tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan quyidagilarni talab qilib olish taqiqlangan:

  • ruxsat etuvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – karantin ostidagi mahsulotlarni eksport va import qilishda zararsizlantirish (fumigatsiya) dalolatnomasini;

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – o‘rov varag‘ini;

  • import qilinayotgan tovarlarga vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini berishda –O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarlarning kuzatuv hujjatlarini (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura va boshqalar);

  • vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishda – ishonchnomalarni;

  • import tovarlariga muvofiqlik sertifikatini berishda – normativ hujjat nusxasi, sanitar-epidemiologik xulosa nusxasini;

  • vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda – ishlab chiqaruvchi mamlakat to‘g‘risida sertifikatni;

  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek, import qilinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini berishda – xalqaro shartnomalarda maxsus qog‘oz blankalarda rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlardan tashqari, vakolatli organlar tomonidan qog‘oz shaklida beriladigan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarning asli va nusxalari.

Prezident tomonidan 2020-2023 yillarda bojxona ma'muriyatchiligini isloh qilish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

 Konsepsiyaning asosiy ustuvorliklari:



  • bojxona sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

  • mavjud kuch va vositalarni optimal qo‘llagan holda bojxona organlari faoliyati va infratuzilma ob'ektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish;

  • raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta'minlash;

  • bojxona organlarining fiskal funksiyalarini amalga oshirishni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif va notarif jihatdan tartibga solishni soddalashtirish;

  • kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashish;

  • bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasi va mahoratini yanada oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

  • xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish.

 Hujjatda uch bosqichda joriy etiladigan yangiliklar nazarda tutilgan:

a) 2020 yil 1 avgustdan t/y transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma'lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beg‘araz tarzda taqdim etadilar; 

b) 2020 yil 1 sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi chegara bojxona postlarida joriy etiladi; 

v) 2020 yil 1 noyabrdan:



  • BYuDni rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi;

  • bojxona nazoratining muqobil turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borish holatlari qisqartiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;

  • DBQning xavflarni boshqarish tizimi avtomobil chegara bojxona postlarida joriy etiladi;

  • transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishda tashuvchi real vaqt rejimida elektron shaklda qayta olib chiqish muddati tugashidan oldin vaqtinchalik olib kirish muddatini uzaytirishi va tegishli yig‘imni to‘lashni amalga oshirishi mumkin;

  • “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyati tadbirkorlik sub'ektining o‘zi tomonidan ishlab chiqiladi.

 DBQga qo‘shimcha vazifalar yuklandi va yangi vakolatlar berildi:

  • tovar va transport vositalari ustidan ular saqlanadigan va sotiladigan joylarga chiqqan holda, bojxona auditini amalga oshirish;

  • olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalari hisobi, jumladan, buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari, shuningdek, dastlabki hujjatlar yuritilishi ustidan tekshiruvni amalga oshirish.

 Qo‘mita tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi etib, Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi esa Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Ushbu bo‘linmalar oldiga qo‘shimcha vazifalar qo‘yildi.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish