Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Nisbiy narxlardagi farq mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi bilan tushuntiriladi degan g‘oyani ilgari suruvchi xalqaro savdo nazariyasi ham mutlaq va nisbiy ustunlik na- zariyalari kabi bir qator gipotezalarga asoslangan.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi ishlab chiqarish omillari, bozor, ishlab chiqarish, tovarlar tabiatiga o'ziga xos munosabat jihati- dan gipotezalarga asoslangan. Bu gipotezalarning ko‘pchiligidan mut- laq va nisbiy ustuniik nazariyalarida ham foydalanilgan. Farqi shunda- ki, ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasida avvalgidek ikki mam- lakat va ikki tovar bo‘lsa-da, tovaming biri mehnat sig‘imli, ikkinchisi kapital sig‘imli bo‘lib, ishlab chiqarish omillari ham ikkita: mehnat- L hamda kapital - K. Bundan tashqari, har ikki mamlakat ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmagan. Mehnatning qiymat nazariyasi inkor etilmaydi, faqatgina qiymatning yaratilishida mehnatdan tashqa- ri boshqa ishlab chiqarish omillari ham ishtirok etadi degan fikr bilan to‘ldiriladi. Ayni paytda mamlakat u yoki bu tovarga toiiq ixtisoslash- maydi va har ikki mamlakatda texnologiya bir xil. Shunday qilib, ish- lab chiqarish omillari nisbati nazariyasidagi asosiy gipotezalardan biri alohida olingan tovaming mehnat yoki kapital sig‘imliligi hamda mam- lakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi hisoblanadi.
Omillar intensivligi (factor intensity) - ma ’lum bir tovarniyaratish uchun ishlab chiqarish omillarinisbiy sarfinibelgilovchiko‘rsatkich.
2-tovar 1-tovarga nisbatan kapital sig‘imliroq hisoblanadi, agar bu tovami ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va kapital xarajatlari nisbati 1-tovarga sarflangan xuddi shu xarajatlar nisbatidan ko‘proq bo‘lsa, ya’ni:
(K/L^) > (Kj/L^)
Omillar serobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chi- qarish omiUari bilan nisbiy ta ’minlanganligini belgUovchi ko ‘rsatkich.
Omillar serobligi ikki usul bilan aniqlanishi mumkin: har bir ish- lab chiqarish omilining nisbiy narxlari orqali va ishlab chiqarish omil- larining mutlaq miqdori orqali. II mamlakat kapital bilan yaxshiroq ta’minlangan sanaladi,.agar bu mamlakatda kapital va mehnat narxlari nisbati birinchi mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan kichikroq boisa, ya’ni kapital II mamlakatda I mamlakatga nisbatan arzonroq boisa:
(Pk*/PL*)<(Pk/PL)
Odatda kapital bahosi deganda foiz stavkasi, mehnat bahosi de- ganda esa ish haqi tushuniladi. Bu yerda ham gap omillari intensivligi holatidagi kabi nisbiy ko‘rsatkichlar haqida ketyapti.
Agar omillar serobligini ishlab chiqarish omillarining mutlaq miq- dori bilan aniqlaydigan bo‘lsak, u holda II mamlakatda mavjud kapital umumiy hajmining ishchi kuchi umumiy hajmiga nisbati I mamlakat- dagi xuddi shu nisbatdan yuqoriroq boclsa, II mamlakat I mamlakatga nisbatan kapitalga boy sanaladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |