Mutlaq ustunlik nazariyasi Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit bofildi. Adam Smit millat boyligi tofiplangan oltin miqdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chiqara olish qobiliyatiga ko‘proq bogfiliqligini aniq-ravshan asoslab berdi. Shuning uchun ham asosiy masala oltinga ega bofilishda emas, asosiy masala mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi hisobiga ishlab chiqarish- ni rivojlantirish hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy jihatdan mutlaq erkin, mavjud qonunlar doirasida ofiz faoliyatlari turini musta- qil ravishda tanlay oladigan sharoitlarda eng yaxshi natijaga erishish mumkin. Bu siyosat «lesse-fer» nomini oldi.
@ «Lesse-fer» (fr. laissez-faire) - iqtisodiyot va erkin raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati Adam Smitning tashqi savdo siyosati bir qancha farazlarga asos- langan. U quyidagilami aksioma sifatida qabul qiladi:
Mehnat yagona ishlab chiqarish omili;
Toiiq bandlikka erishilgan, ya’ni barcha mavjud resurslardan tovar ishlab chiqarishda foydalaniladi;
Xalqaro savdoda ikki mamlakat ishtirok etadi, bu mamlakatlar ikki xil tovar bilan ofizaro savdo olib boradi;
Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, ularning kamayishi tovarga bofilgan talabni kofipaytiradi;
Bir tovaming narxi ikkinchi tovami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan ifodalangan;
Tovami bir mamlakatdan ikkinchisiga tashish bo‘yicha transport xarajatlari nolga teng;
Tashqi savdo cheklashlar va reglamentatsiyalardan xoli. Adam Smit qarashiariga muvofiq ravishda:
Hukumat tashqi savdoga aralashmasligi, ochiq bozorlar rejimi va erkin savdoni qo4 llab-quwatlashi kerak;
Millatlar, xususiy shaxslar ham o‘zlari ustunlikka ega boTgan tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu tovarlami ishlab chiqarilishida boshqa mamlakatlar ustunlikka ega boTgan tovarlaiga ayirboshlash asosida savdo qilishi kerak;
Tashki savdo bozomi mamlakat sarhadlaridan tashqariga kengay- tirish orqali mehnat samaradorligini rivojlantirishni ragcbatlantiradi;
Eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil sanaladi, zero u mamlakat ichkarisida sotish imkoniyati boTmagan ortiqcha tovarlami sotish imkoniyatini beradi;
Eksportga subsidiyalar ajratilishi aholi uchun ortiqcha soliq hisoblanadi va ichki narxlarning ortishiga olib keladi, shuning uchun bu subsidiyalar bekor qilinishi kerak.
@ Mutloq ustunlik nazariyasi - mamlakatlar o*zlari eng kam xarajatlar bilan ishtab chiqaradigan (ishlab chiqarishda muilaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamla- katlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chi- qarishda savdo hamkorlarimutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni import qiladu
Agar ikki mamlakat savdo hamkoriga nisbatan kam xarajatlar bi- lan ishlab chiqaradigan (ya’ni, mamlakat ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega boTgan) tovarlar bilan o‘zaro savdo qilganda xalqaro savdo foydali boTadi. Mehnat yagona ishlab chiqa- rish omili boTganligi bois ishlab chiqarish xarajatlarida mutlaq ustunlik sharti bir birlik tovami ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt bir mam- lakatda ikkinchisidan kamroq boTishini anglatadi. Agar toTiq band- lik hukmron boʻlsa, ya’ni tovarlar ishlab chiqarishda barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanilyapti deb faraz qilaylik, bir mamlakat doirasida bu shartning bajarilishini quyidagi formula orqali ifodalanili- shi mumkin:
A,Qt + A2Q2 < L, (I)
Bu yerda A - bir birlik birinchi tovami ishlab chiqarishga sarflan- gan vaqt, A2 - bir birlik ikkinchi tovami ishlab chiqarishga sarflan- gan vaqt, Q{ - ishlab chiqarilgan birinchi tovar miqdori, Q2 - ishlab chiqarilgan ikkinchi tovar miqdori, L - mamlakatdagi mavjud mehnat resurslari. Formuladan ko‘rinib turibdiki, birinchi tovar ishlab chiqa- rishni ko‘paytirish uchun mamlakat ikkinchi tovar ishlab chiqarishini qisqartirishga majbur. Va, aksincha, ikkinchi tovar ishlab chiqarilishi- ning har qanday ko‘paytirilishi birinchi tovar ishlab chiqarilishining kamayishiga olib keladi.
Ikkinchi mamlakatni ko‘rib chiqaylik. Bu mamlakatda A^ — bir birlik birinchi tovami ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, A2'-bir birlik ikkinchi tovami ishlab chiqarishga sarflangan vaqt.
Agar birinchi mamlakatda birinchi tovami ishlab chiqarish uchun ikkinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu birinchi mam- lakat ikkinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildiradi) bu mamlakat bu tovami ikkinchi mamlakatga eksport qiladi: Ak Agar ikkinchi mamlakatda ikkinchi tovami ishlab chiqarish uchun birinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu ikkinchi mam- lakat birinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildira- di) bu mamlakat ikkinchi tovami birinchi mamlakatga eksport qiladi:
A22 Mutlaq ustunlik nazariyasining kuchli tomoni shundaki, u mehnat- ning qiymat nazariyasiga asoslangan va mehnat taqsimotining yaqqol ustunliklarini nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro miqyosda ham ko‘rsatib beradi. Xalqaro savdoni tushuntirib berishda uning cheklan- ganligi ham yaqqol ko‘rinib turadi.
Bu nazariya u yoki bu tovarlami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik bo‘lmaganda mamlakatlar nima sababdan o‘zaro savdo olib borishini tushuntirib bera olmaydi.