Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
Topshiriq.«Kaskad» texnikasi- ushbu texnologiya g‘oyalar tizimini ishlab chiqishga ko‘mak beradi: Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Raqobat strategiyasini ishlab chiqishda klassik yondashuv?
2.Raqobat strategiyasining "g‘ildiragi"?
3.Raobatbardosh korxona strategiyasi?
4.Strategik ustunlikning asosiy variantlari?
5.Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari?
6.Xarajatlarni boshqarishning strategik modeli?
7.Korxonaning roliga asoslangan strategiyalar?
8.Korxonaning raqobatbardosh holatining turlari?
27-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYASI
Darsning maqsadi: Talabalarga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasiga oid ko’nikmalar berish. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yullari bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Raqobatni davlat tomonidan tartibga solish.
2.Sanoat siyosati iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omili sifatida.
3.Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartlaridan biri bu — mavjud monopol tarmoqlar faoliyati bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi o‘sishini doimiy ravishda ta'minlashdan iborat. Shuning uchun ham iqtisodiyotni isloh qilish davrida monopol tarmoqlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, monopoliyadan chiqarish va bu boradagi faoliyatni cheklash dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi monopol korxonalar mahsulotlari va xizmatlaridan sifatli hamda kafolatli foydalanish, mahsulotlar narxlari muqobilligini ta'minlash, iste'molchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgandir. Bu esa, o‘z navbatida, davlat tomonidan monopol korxonalar faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qonunchilikning takomillashtirilishini taqozo etadi.
Bunda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunni qabul qilishdan maqsad – raqobat munosabatlarini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirishga, ushbu sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini aniqlashtirishga, tovar va moliya bozorlarida monopolistik faoliyatning oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha huquqiy vositalarini yangilashga yo‘naltirilgan. Ma'lumki, moliya bozori iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanib, unda hozirgi kunda yuzlab xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, moliyaviy xizmatlar bozorlarida, jumladan, bank xizmatlari bozorida raqobat yetarli darajada tashkil etilmagan. Shu boisdan yangi qonunning eng muhim yangilik jihati bu monopoliyaga qarshi tartibga solishning moliyaviy xizmatlar bozoriga nisbatan tatbiq etilishi hamda ushbu bozorlar sub'ektlarini tartibga solish mezonlarining belgilanganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |