Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,6 Mb.
bet9/142
Sana19.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#459832
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

Nazorat uchun savollar:
1.Zamonaviy jahon bozori?
2.Jahon bozorining kon'yunkturasi?
3.Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi?
4.Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari?
5.Jahon tovar bozorida narxning shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili?
6.Kelishuv xizmati xiliga qarab bahoning qanday turlari mavjud?
7. Amaliyotda jahon bozorida o‘z tovarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qanday chegirmalar qo‘llaniladi?
8. Tovar qanday talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin?


6-MAVZU. XALQARO TOVAR SAVDOSI VA UNI BOSHQARISH

1.Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi.


2.Tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish.
3.Tashqi savdo siyosati.
4.Jahon savdosini xalqaro boshqarish.


Xalqaro savdo nazariyalari. XVI – XIX asrlar davomida buyuk sanoat to‘ntarilishi va yaxlit milliy davlatlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda tashhi savdo operatsiyalar hajmi va nomenklaturasining sezilarli kengayish jarayoni iqtisodchilar oldiga xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko‘rinishlaridan biri sanalgan xalqaro savdoni nazariy asoslash muammosini qo‘ydi.
Siyosiy iqtisodning asoschilaridan biri shotland professori A. Smit o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqotlar” deb nomlangan mashxur kitobida mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning nazariy modelini yaratishga katta e'tibor berdi, mamlakatlar geografik joylashuvining har- xilligi natijasida u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‘lmasligi tufayli yuzaga keladigan xalqaro mehnat taqsimoti bu modelning asosini tashkil etadi. Bunda biror mamlakat xorijdan ichki narxga nisbatan past narxda tovar sotib olar ekan, o‘z mamlakatida ma'lum ustunlik natijasida ishlab chiqarish arzon tushadigan tovar tayyorlashni maqsad qiladi. Demak, mamlakatlarning kamroq xarajatlar bilan biror- bir mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi shu mamlakat uchun qo‘shimcha foyda keltiradi.
D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
Ingliz iqtisodchisi D. Rikardo “Siyosiy iqtisod asoslari va soliqqa tortish” asarida A. Smit tamoilini rivojlantirar ekan, mutloq ustunlik yanada umumiyroq modelning xususiy xoli ekanligini ko‘rsatib berdi. Bu model nisbiy ustunlik modeli nomini oldi.
Mamlakatlarning ixtisoslashuvi nisbiy ustunlikda ya'ni eng kam xarajatlarga ega bo‘lganda yuzaga chiqadi.
Xeksher- Olin- Samuelsonning tashqi savdo tamoillari.
XX asrning 30- yillarida shved olimlari E. Xeksher va B. Olin tomonidan industrial jamiyatda xalqaro savdo hajmi va nomenklaturasiga ta'sir etuvchi turli tuman olimlarning tadqiq etishi Rikardo nazariyasini to‘ldirish va asosiy jihatlarini aniqlashtirish imkonini berdi. Keyinchalik bu tamoilning matematik apparati amerikalik iqtisodchi P. Samuelson tomonidan ishlab chiqildi.
Xalqaro tovar nomenklaturasi. Jahon bozorining vujudga kelishi svilizatsiyaning industrial ko‘rinishga xos zamonaviy tovar nomenklaturasining shakllanishiga olib keldi. XX asrning so‘ngi 10 yilligida mamlakatlar, hududlar va integratsion guruxlar o‘rtasidagi tovarlar, xizmatlar, axborot va texnologiyalar ayriboshlashda global o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ma'lumki, har qanday mamlakatning tashqi savdo aylanmasi ma'lum bir klasifikatsion belgilar ya'ni eksport va import moddalari bo‘yicha tovar guruxlarining mezonlari bilan tavsiflanadi. Ular ichida eng keng tarqalganlari quyidagi tovar mezonlaridir.
-ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha:
-mahsulotlarni qayta ishlash darajasi bo‘yicha:
-vazifasi bo‘yicha:
-tayyorlangan materiali bo‘yicha:
O‘z- o‘zidan ma'lumki, qaysi belgining tanlanishi klasifikatsiya sxemasiga ta'sir etadi, barcha tovarlar ma'lum shrifga ega bo‘lgan bo‘limlar, guruxlar va kichik guruxlarga bo‘linadi. Shunday qilib, tovar nomlarining mos klassifikatsion tizimdagi ro‘yxati tovarlar nomenklaturasi deb ataladi.
Xalqaro savdoning geografik va tovar tarkibidagi o‘zgarishlari. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi milliy xo‘jaliklar o‘rtasida to‘planadigan jami tovarlar aylanmasi ko‘rinishidagi mehnat mahsulotlarini ayriboshlashning o‘ziga xos formasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda davlat va xususiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, ayrim xollarda jismoniy shaxslar ham jahon bozorida asosiy sub'ektlar sifatida qatnashadi.
Ma'lumki, har qanday mamlakatning tashqi savdosini miqdoriy va sifat xarakteridagi ko‘rsatkichlar belgilaydi. Xalqaro savdoning asosiy tarkibiy qismi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi.
Sanab o‘tilgan tovarlar harakati, kelib chiqashi va belgilangan miqdoriga ko‘ra, quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
-hamkor mamlakatlarda amalga oshirilgan, o‘zaro iste'molga mo‘ljallangan oddiy tovarlar olib kirish va olib chiqish:
-uchinchi mamlakatlarga tovarlar reeksport reimporti:
-Ko‘rgazma, yarmarka, salon kabilarda namoyish qilish uchun tovarlarni vaqtincha olib kirish va olib chiqish:
-xom ashyo va yarim fabrikatlarni reeksport- reimport qilish maqsadida uchinchi mamlakatga olib chiqish va qayta ishlash yoki olib chiqilgan mamlakatga qaytadan olib kirish:
-firma ichida tovar va xizmatlarni TMKlarning doirasida ko‘chirilishi (transfert)
Keyingi 50 yil davomida jahon savdo aylanmasi 14 martadan ko‘proq o‘sdi.
Jahon savdosining umumiy qiymati 1997 yilda 6,6 trln. dollarga teng bo‘ldi. Uning 5,3 trln. dollari (80,3 %) tovarlar, 1,9 trln. dollari (19,7 %) xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. 2002 yilga kelib jahon savdosining umumiy qiymati 13 trln. dollarga yetdi.
Xalqaro savdo: narx belgilash va tashqi savdo balansi. Biror- bir tovarga narx belgilash mexanizmiga bozorda ana shu tovar uchun raqobat muhitining bor- yo‘qligi eng ko‘p ta'sir ko‘rsatadi. Mana shu ko‘rsatkichga asosan quyidagi xalqaro bozor raqobatlarini farqlay olish kerak.
-mukammal (sof) raqobat:
-to‘liq monopoliya:
-monopolistik raqobat:
Jahon narxlarini hisoblashning eng keng tarqalgan usullari, bu to‘liq xarajatlar uslubi va to‘g‘ri xarajatlar usuli sanaladi.
Jahon narxlari turli o‘zaro bog‘liq vazifalarni bajaradi va ularning murakkab majmuasini tashkil etadi. Shulardan jahon narxlarining eng muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi.
1. Indikativ vazifa- bozor kon'yunkturasini baholash imkonini beradi.
2. Kommunikativ vazifa- bozor sub'ektlari: ishlab chiqaruvchi ekspartyor, vositachi, iste'molchi o‘rtasida aloqani amalga oshiradi.
3. Distribyutiv vazifa- bozor sub'ektlari daromadlarini taqsimlash imkonini beradi.
4. Rag‘batlantirish vazifasi- davlat va kompaniyalarning eksport import siyosatini o‘zgartirishga yordam beradi.
5. Sog‘lomlashtirish vazifasi- mahsulotlari ehtiyojlarni qondira olmayotgan kompaniyalarning bozordan ketishiga, bozor kon'yunkturasiga moslasha olgan firmalar gullab yashnashiga olib keladi.
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumat olib borayotgan umumiqtisodiy yo‘nalishlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma'noda esa eksport-import tovar oqimlarining hajmi, tovar tarkibi va geografik yo‘nalishlarini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan byudjet-soliq faoliyatining sohalaridan biridir.Uning asosiy vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Bugungi kunda tashqi iqtisodiy siyosat ikki asosiy tamoilga asoslanadi.
1. Ochiq tipdagi iqtisodiyotga, ya'ni tashqi savdoni erkinlashtirishga o‘tish.
2. Proteksionistik chora tadbirlarni amalga oshirish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuzasidan davlatning tovar oqimlariga ta'sirini tabiatiga ko‘ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin.
1. Iqtisodiy usul. (bojxona bojlari, bojlar, yig‘imlar, soliqlar)
2. Ma'muriy usul (kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel)
Amalda iqtisodiy usullar keng tarqalgan, chunki ular birdaniga 3 xil vazifani hal qilishga imkon beradi.
1. Fiskal-byudjet uchun qo‘shimcha mablag‘lar olish.
2. Rag‘batlantiruvchi-xorijiy hamkorlar bilan aloqani rivojlantirish.
3. Proteksionistik-ichki ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoit yaratish
Iqtisodiy usullar ichida eng keng tarqalgani tariflar hisoblanadi, ammo quyida tarif ko‘rinishidagi boshqa cheklashlar-bilvosita (egri) soliqlar va yig‘imlar haqida gap boradi.
Egri soliqlarga birinchi navbatda, eksport import operatsiyalariga solinadigan soliqlar kiradi, bunda chet el tovarlarini mamlakatga olib kirganda va milliy maxsulotlarni mamlakat hududidan olib chiqayotganda milliy bojxona hududi chegarasida soliqqa tortiladi. Demak bunday holatda aksiz soliqlari qo‘llaniladi va ularning miqdori quyidagicha aniqlanadi.
A = Tst * Ak
A- aksiz miqdori.
Ts- tovarningimport qilinayotgan mamlakatdagi qiymatiga mos keluvchi bojxona qiymati.
Ak- belgilangan aksiz koeffitsienti (stavkasi)
Bundan tashqari 60-yil bojlarida Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olish amaliyotga joriy etilgan. Bu import tovarlarning bojxona qiymatiga bojxona boji va aksizini qo‘shgan holda 10-20 % li soliqqa tortishni nazarda tutgan.
Odatda aksiz belgilanuvchi buyumlar ro‘yxatiga ommaviy talabga ega bo‘lgan ayrim tovarlar (alkogol, tamaki) mahsulotlari, zeb-ziynat buyumlari (mo‘yna, zargarlik buyumlari) va maxsus sifatga ega mahsulotlar (osetr va lasos balig‘i ikrasi) kabilar kiritilgan. QQS-diplomatik missiya, gumanitar yordamga mo‘ljallangan tovarlar, nagiron va bolalarga atalgan ba'zi buyumlar turiga, shuningdek ko‘rgazmali eksponatlari va boshqa ayrim mahsulotlar uchun to‘lanmaydi. Bundan tashqari QQS tovarlar tranziti, reeksporti va erkin iqtisodiy hududga olib kiritilganda olinmaydi.
Xorijiy mamlakatlar bilan savdoni davlat tomonidan tartibga solishning 50 dan ortiq ma'muriy turi mavjud .
Ular ichida eng keng tarqalgani kvotalardir .
Embargo –bu usul bir mamlakat yoki mamlakatlar guruxi bilan savdo operatsiyalarini butunlay ta'qiqlashni bildiradi. Odatda siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan holda butun yoki ma'lum bir guruxdagi tovarlar eksporti yoki importining cheklanishini nazarda tutadi. XX asrda savdoni tartibga solishning bunday usuliga yetarli darajada misollar keltirish mumkin. Masalan, BMT qaroriga ko‘ra Iroq, qisman Yugoslaviya, Livan, Eron va ayrim davlatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.
Litsenziyalash – maxsus ro‘yxatga kiritilgan resurslar va mahsulotlar bilan tashqi savdoni amalga oshirishda ruxsat berish vakolatiga ega bo‘lgan davlat tashkilotlari tomonidan ruxsatnoma berishi orqali amalga oshiriladi. Ko‘pchilik davlatlar tashqi savdoni litsenziyalashda xalqaro xuquqiy xujjatlarga asoslanadi. Bunday xujjatlarga 1947 yilda imzolangan “Savdo va tariflar bo‘yicha bosh bitim” (GATT-General Agreement on Trade and Tariffs-GATT) misol bo‘ladi.
yevropa ittifoq (yeI) ga a'zo mamlakatlar orasida eksport –import operatsiyalarini litsenziyalash tovar aylanmasi umumiy hajmining 5-6 % darajasiga yetadi (kvotalash va litsenziyalash bo‘yicha o‘ziga xos lider Fransiya hisoblanadi). Litsenziyalash talab etadigan tovarlarga strategik ahamiyatga ega tovarlar va resurslar, dori-darmonlar, bolalarni oziqlantirish assartimenti va boshqalar kiradi.
Ma'muriy xarakterdagi tariflar, usullar guruxiga yana to‘xtaladigan bo‘lsak, ular qatoriga turli tuman texnik standartlar va sifat sertifikati, sanitariya va ekologik xavfsizlik standartlari, qadoqlash va markirovkalashga qo‘yiladigan talablar tovar va boshqalarni bojxona tozalovidan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar majmuasi kabilar kiradi.
Bojxona boji –iqtisodiy mohiyati jihatidan tovar davlat chegarasidan o‘tayotganda olinadigan maxsus pul yig‘imi, soliqni bildiradi. Bojxona bojini joriy etishdan asosiy maqsad byudjetning daromad qismini ko‘paytirish vag‘irrom raqobat bilan kurashishdir.
Tovar oqimlarining yo‘nalishiga bog‘liq ravishda import, eksport va tranzit bojlari mavjud.
Import bojlari- harakat mexanizmi import tovarlar milliy bozordagi narxini o‘rtacha jahon bahosidan ko‘tarishdan iborat.
Ichki narx = jahon narxi + (jahon narxi * tarif stavkasi)
Hozirgi paytda eksport boji ancha kam qo‘llaniladi. Ulardan deyarli barcha rivojlangan davlatlar voz kechgan, chunki ularni joriy qilish jahon bozorida mahsulot narxining oshishiga sabab bo‘ladi. (AQSh da eksport bojlarini qo‘llash qonun bilan man etilgan).
Tranzit bojlar- mamlakat hududini kesib o‘tuvchi tovarlardan olinadi, va ular tranzit yig‘imlar ko‘rinishiga ega.
Bojxona bojiga tortishning ikki asosiy usuli mavjud.
1. Maxsus boj- bunda boj miqdori, tovarning og‘irligi, hajmi, miqdori birligidan belgilangan summa sifatida o‘rnatiladi (masalan: avtomabil divigatelidan, 1sm3dan).
MBB=TBQ*MTS
MBB- maxsus bojxona boji.
TBQ –tovarning bojxona qiymati.
MTS- maxsus tarif stavkasi.
2. Advalor bojlar (lotincha advalorem-qiymatdan), bunda bojxona boji sotuvchi tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko‘rinishida aniqlanadi.
ABB = TBQ * (1+ATS)
ABB –advalor bojxona boji.
TBQ – tovarning bojxona qiymati.
ATS –advalor tarif stavkasi.
Milliy bojxona bojlarining tartiblashtirilgan reestri (ro‘yxati) tarif deb ataladi.
Bojxona tariflarining shakllanishida asosiy prinsip- tovarni qayta ishlash darajasining oshib borishi bilan tarif stavkasining ortishidir.
Erkin savdo siyosati (inglizcha fritredlik- freetrade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. Uning nazariy modeli A. Smitning mashxur “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari” asarida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Fritredlik nazariyasi boshqa ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga yetkazildi. XIX asrning ikkinchi yarmigacha Erkin savdo siyosati Buyuk Britaniya va uning dominionlari bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotida kuzatildi. Lekin hozirgi kunga kelib fritredlik tizimining klassik ko‘rinishiga ega bo‘lgan birorta davlat qolmadi. Biroq fretredlik siyosatining unsurlari ayrim mamlakatlarda saqlanib qoldi. (Masalan: offshor hududlar, erkin iqtisodiy hududlar)
Proteksionizm siyosati inglizcha, protection- himoya, homiylik degan ma'noni anglatadi, ya'ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoillarining salbiy ta'sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma'muriy chora tadbirlar tizimiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Proteksionizm o‘z mohiyatiga ko‘ra ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu siyosatning prinsiplari nazariy jihatdan Amerikalik davlat arbobi Gamilton (XVIII asr) va taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asr) asarlarida ishlab chiqilgan.
Proteksionizm siyosati o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Ijobiy tomonlari.
-iqtisodiyotning yangidan shakllanayotgan sohalarini qudratli xorijiy kompaniyalar raqobatidan himoyalash.
-jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan eski sohalarni qo‘llab quvvatlash.
-demping va xorijiy raqobatning boshqa nohalol usullari bilan kurashish.
-jahon bozori kon'yunkturasidagi tebranishning milliy iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish.
-byudjetning daromad qismini ko‘paytirish.
Salbiy tomonlari.
-aholi turmush darajasida sof yo‘qotishlarning ortib ketishi.
-milliy iqtisodiyotda nosamara sohalar va korxonalarning saqlanib qolishi kabi tomonlari bilan xarakterlanadi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish