2-rasm. Korxonalarda raqobat muhitini tadqiq etish bosqichlari Guruhlarda ishlash uchun topshiriq Topshiriq. “Baliq skeleti” texnikasi asosida “Raqobatning asosiy vazifalarini tahlil qiling” savoliga javob beriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.Raqobat tushunchasi va uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni?
2.Narx bo‘yicha va narxsiz raqobat?
3.Bozorlar tipologiyasi?
4.Monopol hokimiyatli bozorlar?
5.Takomillashgan raqobatning bozor xususiyatlari?
6.Sof monopoliya modelining asosiy xususiyatlari?
7.Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari?
8.Korxonaning yetakchilik holati va tovar bozorlarida iqtisodiy konsentratsiya?
21-MAVZU. RAQOBATBARDOSHLIKNI TADQIQ QILISHNING IQTISODIY MOHIYATI VA DARAJALARI Darsning maqsadi: Raqobatbardoshlikni tadqiq qilishning iqtisodiy mohiyati va darajalari o‘rganiladi. Raqobat ustunligining parametrik xususiyatlariga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning xossalari.
2.Raqobat ustunligining parametrik xususiyatlari.
3.Raqobat ustunligi tushunchasi.
Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Ma'lumki, kurash – bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o‘zgartira olmaydilar, ya'ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida yengib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat orqali namoyon bo‘ladi.
“Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatdoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi:
iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari;
sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi;
ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashtirish sur'atlari;
xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish;
ichki bozor hajmi va dinamikasi;
iqtisodiyotda davlatning roli;
moliya tizimining egiluvchanligi;
mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik va malaka darajasi;
ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat.
Iqtisodiyotning jahon bozori kon'yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati” Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti har yili dunyoning yetakchi 47 mamlakatiga raqobatdoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo‘yicha guruhlangan 8 ta omil bo‘yicha amalga oshiriladi:
milliy iqtisodiyot tavsifi – YaIM hajmi, investitsiyalar va jamg‘armalar hajmi, pirovard iste'mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi;
iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi; infratuzilma;