Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Xalqaro savdo eksport-import operatsiyalarini qamrab olib, bu operatsiyalar o‘z ichiga quyidagilar bilan bog‘liq faoliyatni kiritadi:
a) chet ellik kontragentga topshirish maqsadida tovarni sotish va chet elga olib chiqish;
b) ichki bozorda sotish maqsadida chet eldan tovar sotib olish va mamlakatga olib kirish.
Shunday qilib, tovar eksporti chet ellik kontragentga tovarni sotish va chet elga olib chiqish bo‘lsa, tovar importi chet ellik kontragentdan tovar sotib olish va uni mamlakatga olib kirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risidagi» Qonunida quyidagi tavsifnomalar berilgan:
Eksport bu – tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston hududidan qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishdir.
Import bu - tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston hududiga qaytarib olib chiqish majburiyatisiz olib kirishdir.
Xalqaro savdo eksport-import operatsiyalarining tijorat asosida, ya'ni oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bajarish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bepul tovarlar yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish va ѐrdam berish alohida hisobga olinadi va eksport ѐki import qiymatiga kiritilmaydi.
Eksport tovar siѐsatini amalga oshirishda xalqaro xarakterga ega bo‘lgan quyidagi marketing tadqiqotlarini o‘tkazish lozim:
1. Mazkur tovar ѐki xizmatlar xalqaro bozori kon'yunkturasini o‘rganish, mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor ѐki raqobatchi firmalarni aniqlash hamda ularning ish usullarini tahlil qilish.
2. Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash.
3. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy, siѐsiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash.
4. Mazkur tovar mahsulotining potensial iste'molchilarini segmentlash.
5. Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo‘llash imkoniyatlarini izlab topish.
6. Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini aniqlash.
7. Eksport tovar assortimenti, uni kengaytirish ѐki toraytirish usullarini belgilash.
8. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasining ijtimoiy-madaniy muhitini (milliy o‘zlikni anglash darajasi, diniy xususiyatlar, jamiyat a'zolari o‘rtasida ijtimoiy rollarni taqsimlash, til, imo-ishoralar va urf-odatlar) o‘rganish.
9. Ratsional va maqsadga muvofiq eksport shakllarini aniqlash (iste'molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, qo‘shma faoliyatga yo‘nalganlik, chet ellik vositachilar tarmog‘idan foydalanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |