Guruhlarda ishlash uchun topshiriq Topshiriq. “Baliq skeleti” texnikasi asosida “Tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash yo‘nalishlari” savoliga javob beriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlashning asosiy turlari?
2.Loyihaviy moliyalashtirish tshunchasi?
3.Lizing tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlashning kshrinishi sifatida?
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash tizimida faktoring va forfetirlash nima degani?
5. Eksport qiluvchi firmalar eksport faoliyatlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini malarda ko‘rish mumkin?
6. O‘zbekistonda eksportni moliyalashtirish amaliyoti hamda yangi tashkil etilayotgan Eksport-kredit agentligi haqida nimalarni bilasiz?
16-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH Darsning maqsadi: Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning qonuniy aktlariga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi.
2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining yuzaga kelish jarayoni.
3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning qonuniy aktlari.
Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Davlat tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni faol tartibga solish o‘zining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlayotgan davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy manbasi xisoblanadi.
1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Prezident tomonidan 2020-2023 yillarda bojxona ma'muriyatchiligini isloh qilish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Konsepsiyaning asosiy ustuvorliklari:
bojxona sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
mavjud kuch va vositalarni optimal qo‘llagan holda bojxona organlari faoliyati va infratuzilma ob'ektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish;
raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta'minlash;
bojxona organlarining fiskal funksiyalarini amalga oshirishni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif va notarif jihatdan tartibga solishni soddalashtirish;
kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashish;
bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasi va mahoratini yanada oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish.