Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub'ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik yordam ko‘rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to‘la tegishli bo‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |