Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,6 Mb.
bet3/142
Sana19.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#459832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

Nazorat uchun savollar:
1.Fanning mohiyati, maqsad va vazifalari?
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining predmeti va o‘rganish usullari?
3.Fanning iqtisodiy fanlar tarkibidagi o‘rni?
4.Agrobiznes va iqtisodiy fanlar bilan aloqasi?
5.Tashqi iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari?
6. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari?


2-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING NAZARIY, HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
1.Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi.
2.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi.
3.Bozor iqgisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy asoslari.

Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va zakovat boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. O‘zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi va bozor munosabatlariga o‘tishi, geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi. O‘zbekistan uchun nafaqat uzoq, xorij, balki yaqin qo‘shnilar bilan ham ho‘jalik va savdo aloqalari tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati keskin oshdi. Ayni vaqtda ham ayrim ho‘jalik sub'ektlarining, ham davlatning umuman tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o‘zgardi.Tashqi iqtisodiy omilning kuchayishi amalga oshirilayotgan bozor o‘zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti, ichki bozorning tashqi bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan kelib chikdi.


Sivilizatsiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni halqaro ho‘jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‘ra rivojlanadi, ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‘lishini shartlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslarning juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o‘rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintalitetlari o‘rtasida xam yanada samaraliroq, ayirboshlash vositalarini talab etadi.
Dunyoning turli mamalakatlarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o‘sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlarni) rivojlantirishga, xom ashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi.
O‘zbekistonda ko‘plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chikarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatadi. Ana shu ta'sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni to‘g‘risidagi aniq tasavvurga asoslanishi kerak.
Tashqi iqtisodiy aloqalar — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub'ektlari xalqaro hamkorliginnng hilma-hil shakllari tizimidir.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ruyobga chiqarish jarayonidir.
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatining ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o‘tishda o‘rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar ko‘rsatash), qo‘shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqaa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan.
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va tartibga solishning huquqiy bazasi shakllangan bo‘lib, bu me'yoriy xujjatlar asosida mamlakatimizning turli sohalar bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tashkil etish belgilab berilgan. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Qonunda tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin deb belgilab qo‘yilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

  • tashqi savdo faoliyati;

  • chet el investitsiyalarini jalb qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.

Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug‘urta faoliyati, ta'lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir. O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat'i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat'i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.
Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne'matlarning barcha turlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish