Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
1-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
2-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
3-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi?
2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining yuzaga kelish jarayoni?
3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning qonuniy aktlari?
4. «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?
5. Boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini nimalardan iborat?
6. «Bojxona ombori» rejimi tushunchasi?
17-MAVZU. XALQARO TOVARLAR OLDI-SOTDI SHARTNOMALARI
Darsning maqsadi: Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Tovarlar yetkazib berish bazis shartlari va tovarlar oldi-sotdi shartnomalarining mazmuni bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari tuzish tartibi.
2.Tovarlar yetkazib berish bazis shartlari.
3.Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarining mazmuni.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan eksport-import shartnomalarni tuzish orqali iqtisodiy sohada real daromad olishga bo‘lgan harakatlarning ortish natijasida tashqi savdo faoliyati va uni tartibga soluvchi qonunchilikda ham bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchlar kiritilmoqda. Albatta ushbu sohada kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchlar bevosita davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘lib, yuridik xizmat xodimlari tomonidan eksport-import shartnomalari tuzish, ularga yuridik xulosalar berishda o‘z aksini topadi.
Ayniqsa, shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi
va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib borish kabi yo‘nalishlardagi faoliyatini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |