Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


§ 2.3. Xalqaro savdoda umumiy muvozanat



Download 2,2 Mb.
bet37/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

§ 2.3. Xalqaro savdoda umumiy muvozanat Xalqaro savdoning standart modeli
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta'limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini o‘rganishga ko‘p- roq e'tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma'lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘- liq bo‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda
ko‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modeUami rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga ko‘proq e'tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
Talab va taklif muvozanatining neoklassik postulatlariga asoslan- gan xalqaro savdoning standart modeli juda ko‘plab iqtisodchilar- neoklassiklar harakatlarining qo‘shilishi samarasidir, bu iqtisodchilar jamiyat miqyosidagi jami talabga alohida e’tibor qaratishgan. Standart modelda foydalaniladigan asosiy tushunchalar turli yillarda irland iqtisodchisi Frensis Edjuort va kelib chiqishi Avstriyadan boTgan amerikalik iqtisodchi Gottfrid Xeberler tomonidan kiritilgan.
Klassik modellar talab va taklifdan chegaralangan doiradagi ma’lum bir tovarlar uchun foydalanilgan. Standart model esa bu doirani jami talab va taklifgacha kengaytirdi. Standart model bizga umumiy iqti- sodiy nazariyasidan ma’lum boTgan hamda haqiqiy iqtisodiy vaziyat- larga ko‘proq mos keluvchi o‘mini qoplash xarajatlarining ortib borishi to‘g‘risidagi qonuniyatiga tegishli daslabki shartlardan kelib chiqadi.
Ortib boruvchi o‘mini qoplash xarajatlari (increasing opportunity costs) har bir qo‘shimcha 2-tovami ishlab chiqarish uchun voz ke- chiladigan 1-tovaming miqdori doimiy emas, balki ortib bomvchi bo‘- lishligini nazarda tutadi.
2.3.1.-rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan ko‘rinib turibdiki, Oʻzbekistonda o‘zi nisbiy ustunlikka ega boTgan 1-tovaming har bir qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz ke- chiladigan 2-tovar soni borgan sari ortib bormoqda.
1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigT esa Yaponi- ya o‘zi nisbiy ustunlikka ega boTgan 2-tovaming har bir qo‘shimcha birligini ishlab chiqarishni ta'minlash uchun borgan sari ortib bomvchi 1-tovar birligidan voz kechishga majbur boTishini ko‘rsatmoqda.




  1. Download 2,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish