-rasm. Savdo natijasida iste’molning ortishi.
yuzi oldingi AOB (I mamlakat uchun) hamda OA*B* (H mamlakat uchun) uchburchaklar yuzidan sezilarli darajada kattaroqdir.
Nisbiy ustunliklar nazariyasida jahon ikki mamlakatdan iborat va ular ikki tovar bilan savdo qiladi deb faraz qilingan edi. Amalda esa bunday holatning bo‘lishi mumkin emas, albatta. Jahondagi mam- lakatlar ichidan ikkitasining faqat ikki tovar bilan o‘zaro savdosini o‘rganmoqchi bo‘lsak ham, bu savdoni ushbu mamlakatlar va boshqa mamlakatlar umumiy savdosidan hamda juda ko‘p miqdordagi tovarlar orasidan ajratib olishning imkoni yo‘q.
Nisbiy ustunlik nazariyasining ahamiyatini baholash juda mush- kul, albatta. U bir necha o‘n yillar davomida xalqaro savdoni tushun- tirib beruvchi va barcha iqtisodiy bilimlarga kuchli ta’sir o‘tkaza olgan asosiy nazariyalarning biri bo‘lib qoldi. Iqtisodiyotdagi klassik maktab vakillari tomonidan qilingan ko‘p sonli o‘zgartirishlar va kengaytirish- lar bilan nisbiy ustunlik nazariyasi amalda birinchi bo‘lib jami talab va jami taklif muvozanatini izohlab berdi. Tovar qiymati uni ishlab chiqa- rishga sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanishi ko‘zda tutilgan boʻlsa-da, nisbiy ustunlik nazariyasi tovaming qiymati ushbu tovarga ham mamlakat ichidagi, ham xorijdagi jami talab va taklifhing nisbati bilan aniqlanishini ko‘rsatib berdi.
Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtiril- gan tabiatga ega va xalqaro savdoga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qator hodisalami e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uning yaratihshida qilingan farazlar bilan bog‘liq. Shuning uchun u yoki bu tovar oqimlarini nisbiy ustunlik nazariyasini qo‘llagan holda tahlil qi- lishda quyidagilami e’tiborga olish kerak, ya’ni bu nazariya:
transport xarajatlarini e’tiborga olmaydi, bu xarajatlar shunday miqdorga yetishi mumkinki, mamlakat bir tovami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega bo‘lsa-da, ushbu tovami xorijga eksport qilish naf keltirmasligi mumkin;
mamlakat ichida daromadlarning qayta taqsimlanishiga, narx va ish haqining o‘zgarishiga, inflyatsiya, xalqaro kapital harakatiga tashqi savdoning ta’sirini inobatga olmaydi;
faqat bitta ishlab chiqarish omili (mehnat) mavjudligidan kelib chiqadi, mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’min- lanmaganligi kabi xalqaro savdoning dastlabki shartlariga e’tibor ber- maydi;
to‘liq bandlik shartidan kelib chiqadi, ya’ni ishchilar bir tarmoq- dan ketar ekan, boshqa yanada samaraliroq tarmoqda ish topadi, ishsiz qolmaydi deb faraz qilinadi;
biri ikkinchisi oldida nisbiy ustunlikka ega boimagan taxminan bir xil mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni tushuntirib bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |