II bob. Real sektor korxonalarida mahsulot brendini yaratish va uni joriy
etishning iqtisodiy tahlili
Xorijiy kompaniyalarda brending mexanizmini tahlili
Xar bir boshqaruv faoliyati mehnat jarayoni bo’lib, o’ziga xos texnologiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqaruv faoliyatining mohiyati esa turli funksiya va texnologiyalarida namoyon bo’ladi. Shundan kelib chiqqan xolda, brending texnologiyasi - bu o’ziga xos usul va uslublardan tashkil topgan bilimlar tizimidir. U operatsiyalar va protseduralardan tashkil topib, ma’lum bir tartib va ketma- ket keladigan kombinatsiyalardir.
Brending jarayoni - bu boshqaruv faoliyatining majmui bo’lib, brending tizimida operatsiya va protseduralarning o’zaro, uyg’un mos ravishda ta’minlovchi usul va uslublardan iborat.
Operatsiya (lot. Operato - “faollik”) - boshqaruv faoliyatining eng sodda majmui bo’lib, korxona rahbariyati mutaxassislari va texnik xodimlari orqali amalga oshiriladi.
Protsedura esa - boshqaruv faoliyati ma’lum bir tartib asnosida muayyan ketma -ketlikda amalga oshirishidir.
Protsedurani loyihalashda turli yo’llar qo’llanilib, u ma’lum talablarga bo’ysunadi. Buning uchun faoliyat ko’rsatib kelayotgan kompaniya brendingi boshqaruv jarayonini samaradorligini oshirish uchun kerakli bo’lgan operatsiya va protseduralar ko’rsatiladi.
Brending jarayoni davriy xususiyatga ega bo’lib, quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Bosqich. Xaridorlarning ehtiyoji va qiziqishi asosida axborot ma’lumotlarini yig’ish va uni tahlil qilish, savdo markasiga bo’lgan munosabatini o’rganish, hamda raqobatchi brendlarning xatti- harakatlarini kuzatish.
31
Bosqich. Brendning straregik barqarorligini ta’minlab berish uchun qarorlar ishlab chiqish va uni qabul qilish.
Bosqich. Qabul qilingan qarorlarni amalda qo’llash.
Bosqich. Boshqaruv qarorlarining amalda qo’llanilish jarayonini nazorat qilish.
Bosqich. Qarorning bajarilishini muvofiqlashtirish.
Operatsiya va protseduralar mazmuniga ko’ra quyidagiga bo’linadi:
Axborotlashgan - ma’lumotlarni izlab topish, ularni saqlash va qayta ishlash.
Mantiqiy-fikrlovchi - savdo markasi va brendining barqaror rivojini ta’minlovchi alternativ qarorlar orasidan eng optimal variantlarni tanlash va ishlab chiqish.
Tashkiliy - qabul qilingan qarorlarni ijro etuvchilarini tanlash, olingan axborotlarni ijrochilarga yetkazish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Brendingning dinamik faoliyati - bu doimiy va davriy ravishda normativ - huquqiy aktlar orqali kompaniya xodimlarining brending tizimi boshqaruvida muvofiq ish yuritishda ma’lum bir vaqtga ta’sir etishidir.
Doimiy ta 'siri - bu normativ - huquqiy aktlar asosida reglament jarayoni ( ya’ni ishchilarning majburiyat va vakolatlarini taqsimlab berish) hamda korxonaning xo’jalik yuritish mexanizmidir.
Davriy ta'siri - brending maqsadini amalga oshirish maqsadida kompaniya ishchilariga aktiv ravishda ta’sir etish. Brend - menejer axborotni tahlil qilish jarayonida, qaror qabul qilish va uni amalga oshirishning strategik jarayonlarida ular (ya’ni kompaniya ishchilari) bilan bevosita muloqotda bo’lishidir.
Brending jarayonining shakllanishi - brending boshqaruv jarayoning qo’yilgan maqsadiga erishish yo’lida brend-menejerning aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatining majmuidir.
Brending jarayonining tarkibi bosqichlardan, davrlardan va operatsiyalardaniborat.
32
Boshqaruv jarayoning mohiyati quyidagi bosqichlarga ajraladi:
Aniq maqsad qo’yish.
Vaziyatni tahlil qilish.
Muammolarni aniqlash.
Qarorni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |