Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Birgina «Nou-xau» savdosining xalqaro savdo oborotidagi salmog’i 10 foizga yaqinlashdi.
Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha,
Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.
O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 2003 yilda 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2002 yilga nisbatan 17,3 %ga ko’paydi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
Pul jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi migratsiyasini anglatadi. Bu migratsiya quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
pul mablag’lari, maqsadli bank omonotlari, paylar, aktsiyalar, sug’urta guvohnomalari va boshqa qimmatli qog’ozlar;
harakatlanuvchi asosiy kapitallar, shu jumladan texnologiyalar;
mualliflik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar.
Xalqaro miqyosda kapital ortidan ish kuchi ham harakatga keladi. Ish kuchining dunyo uzra ko’chib yurishi ish kuchining xalqaro migratsiyasi deyiladi. Migratsiya oqimi ish kuchi ortiqcha bo’lgan mamlakatlardan unga talab bor mamlakatlar tomon yo’nalgan bo’ladi. U kishilarni bir mamlakatdan boshqasiga ishlab kelish uchun yoki tamomila o’sha erda qolish uchun ko’chib borishni bildiradi. Migratsiya muntazam tus olib, jahon ish kuchi bozorini shakllantirgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi.
xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar;
xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Har bir guruh ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorlarda hisoblaniladi.
Bunda qiyosiy yondashish va uning shartlariga qat’iy rioya qilish o’ta zarurdir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi (1-jadval).
Bu ko’rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlariga bo’lgan bahoning o’zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovaroborotning hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlar o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |