2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘lmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning statistik qiymati ko‘rsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan va ming AQSh dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |