16) 20-grafa. “Etkazib berish shartlari”.
Grafada tashqi savdo bitimi asosida tovarlarni yetkazib berish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Tovarlar beg‘araz asosda olib o‘tilayotganda tovarlarni yetkazib berish shartlari tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Grafaning birinchi bo‘lmasida Etkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq yetkazib berish shartining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Etkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq geografik punkt ko‘rsatilgan holda yetkazib berish shartining harfli kodi qayd etiladi.
(25-bandning 16-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 16-kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band 16-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan 2021-yil 3-fevraldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band 16-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan 2021-yil 3-fevraldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band 16-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan 2021-yil 3-fevraldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning uchinchi bo‘lmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq BYuD asosida import qilinayotgan tovarlar uchun qo‘llaniladigan hisob-kitoblar shaklining ikki raqamli kodi, so‘ngra “/” belgisidan keyin tovarlarni jo‘natish shaklining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi (elektron BYuDda har bir kod alohida ajratilgan maydonda ko‘rsatiladi).
Import qilinayotgan tovarlar uchun hisob-kitoblar shaklining ikki raqamli kodi quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
“10” — oldindan to‘lov;
“20” —akkreditiv;
“30” — bank kafolati;
“40” — inkasso;
“50” — import fakti bo‘yicha;
“60” — konsignatsiya bo‘yicha;
“70” — barter operatsiyasi;
“80” —beg‘araz (to‘lovsiz) asosda yetkazib berish.
Hisob-kitoblarning aralash shakllari qo‘llangan hollarda grafada mutlaq ifodada ustunlikka ega bo‘lgan hisob-kitob shakli ko‘rsatiladi.
Tovarlarni jo‘natish shaklining ikki raqamli kodi quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
“01” — tovar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma (bitim, kelishuv) tuzuvchi shaxs tomonidan jo‘natilayotgan bo‘lsa;
“02” — tovar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma (bitim, kelishuv) tuzuvchi shaxs tomonidan jo‘natilmayotgan hollarda;
(25-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |