16) 21-grafa. “Chegaradagi transport vositasi”.
Grafada tranzit tovarlari kelib tushadigan bojxona organi orqali O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan transport vositalari haqidagi ma’lumotlar mazkur bandning 14-kichik bandiga muvofiq ko‘rsatiladi.
Tovar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan transport vositasining o‘zida olib chiqib ketiladigan bo‘lsa “18-grafaga qarang” havolasi yoziladi.
Elektron BYuDda bunday havola qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va barcha ma’lumotlar elektron BYuDning o‘zida to‘liq ko‘rsatiladi.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda (tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda) to‘ldirilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |