3) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BYuD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Masalan, agar BYuD ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BYuDning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BYuD qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYuD qog‘ozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYuD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |