3) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
(71-bandning 3-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |