12) 15-grafa. “Jo‘natuvchi mamlakat”.
Grafada tovarlar jo‘natilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi ko‘rsatiladi.
Tovarlar jo‘natilgan mamlakat — tovarlar, oraliq mamlakatlarda ushbu tovarlarning yuridik maqomini o‘zgartiruvchi hech qanday tijorat bitimlari yoki boshqa operatsiyalar amalga oshirilmagan holda, O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natilgan mamlakatdir.
Jo‘natuvchi mamlakat tovarlarni xalqaro tashish boshlanishiga asos bo‘lgan transport hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Agar xalqaro tashuv bir nechta transport hujjatlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, grafada BYuDda bayon etilayotgan tovarlar BYuDning 8-grafasida ko‘rsatilgan yukni qabul qiluvchi manziliga yetkazib berish uchun qabul qilingan birinchi mamlakatning qisqa nomi ko‘rsatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |