1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi.
Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi.
Tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(78-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |