Fanning usuli (metodi) - bu o'rganilayotgan (tadqiq qilinayotgan) voqea va hodisalarni bilish yo'llaridir. Har bir fanni o'rganishda nazariy bilimlar voqelikni amalga oshirish uchun amaliyotga yo'l ochib, uni yoritib turadi va shu bilan ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Amaliyotda nazariy jihatdan tadqiq etilgan fikrlar yo'nalishlari, belgilangan nuqtai nazarlarning to'griligi yoki asossiz ekanligini tasdiqlab beradi.
Iqtisodiyotda hodisalar va jarayonlarning mohiyatini bilish uchun umumiy ilmiy va o'ziga xos tadqiqot usullari ishlatiladi. Birinchisi, ilmiy abstraktsiya usullari, induktiv, deduktiv, qiyosiy tahlil, eksperiment va boshqalarni o'z ichiga oladi. Fanni o'rganishning o'ziga xos usullari statistik-iqtisodiy, monografik, hisob-konstruktiv, balans, iqtisodiy-matematik usullar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |