Bog'liq Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl
12.3. MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari O’zbekiston jahon xo'jaligi tizimiga integrasiyalashib borar ekan, uning xalqaro iqgisodiy aloqalari uzok va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan taraqqiy etib bormovda.
O'zbekistoning MDH va iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti kabi integrasiya uyushmalarida ishtirok etishi mamlakatimizning dunyo miqyosidagi obro'-e'tiborini yanada oshiradi.
O'zbekisgon sobiq Ittifoq respublikalari bilan aloqalarga katga, ustuvor ahamiyat berib, MDH tuzish g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Bunday hamkorlikka Hamdo'stlik mamlakatlarining xududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog'likligi, nafaqat bog'likligi, balki chuqur tarixiy, madaniy va ma'naviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo’lmoqda.
Hamdo'stlik birlashmasi maqsaddari kuyidagilardan iborat:
demokratik xukuqiy davlatlar tuzish, ular o'rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini hamda suveren tenglikni o'zaro tan olish va hurmatlash, o'z takdirini o'zi belgilash huquqi, teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kechish, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, inson xukukdari va erkinliklarini, shu jumladan kichik Millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan xalkaro xuquq tamoyillari va normalarini halol bajarish;
bir-birlarining xududiy butunligi va mavjud chegaralarning buzilmasligini tan olish va hurmat qilish;
chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan xalqlarning tub manfaatlarini hamda qo'shnichilik va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash;
-fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash.
Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining MDHga a'zoligi unga bir qator muxim vazifalarni millat, iktisodiyot manfaatlariga muvofiq xal etish imkonini beradi:
ishlab chiqarishni, aholini zarur mahsulotlar bilan ta'minlashni qo'llab-kuvvatlashni ko'zda tutuvchi kooperativ xo'jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish;
MDHning bir qator tovarlarini milliy bozorda, jumladan, an'anaviy mahsulotlarni sotish sohasida etakchi mavqeni saklash;
sobiq ittifoqchi respublikalar ega bulgan xomashyo resurslaridan fovdalanish;
O'zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga xizmat kursatuvchi transport kommunikasiyalaridan kafolatli va xatarsiz foydalanish.
O'zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari iktisodiy erkinlashtirish, uni bozor tamoyillariga izchillik bilan o'tkazish, xo'jalik tuzilmasini kayta kurishdan iborat umumiy yo'l bilan belgilanadi.
MDH mamlakatlari O'zbekistonning asosiy savdo-iqgisodiy hamkorlaridan biri xisoblanadi. Ularning xissasiga respublika tashki savdo umumiy xajmining 30% dan ortig'i to'g'ri keladi. Uzbekiston va MDH mamlakatlari tovar ayirboshlash dinamikasi tenglik va o'zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqgisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Rossiya, Qozog'iston va Ukraina 2000 - 2010 yillarda Uzbekiston bilan yirik savdo aloqalarini olib borgan mamlakatlar hisoblanadilar.
Iqtisodiy munosabatlarning shakli va tarkibi MDH mamlakatlari bilan tubdan o'zgarib bormokda. O'zbekistonning mavqei tobora mustahkamlanmokda. O'zbekisgon MDHning aksariyat mamlakatlari bilan savdo-to'lov balansida ijobiy saldoga ega.
O'zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlantirilishi uning jahon xo'jaligi integrasiyasida samarali ishtirok etishini ta'minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bozor iqgisodiyotiga o'tish muammolarini xal etishni, jumladan, ijtimoiy yunaltirilgan bozor xo'japigini shakllantyarishni yengillashtiradi. Ushbu holat xalqaro kreditlar olishda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb kilishda, milliy maqsulotlarni jaxrn bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi.