Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Download 468,93 Kb.
bet16/69
Sana01.06.2022
Hajmi468,93 Kb.
#628481
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — jahon iqtisodiyoti sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarning ko'p bosqichli majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikki asosiy qismdan, ya'ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o'zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy korporasiyalarni) jahon xo'jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
1 xalqaro mehnat taqsimoti.
2 xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3 xalqaro kapital va xorijiy investisiyalar harakati.
4 xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi
5 xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
6 xalqaro iqtisodiy integrasiya.
An'anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili esa, odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro ikgqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansa-da, jahon xo'jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqgisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.
Jahon xo’jaligi, zamonaviy holatiga erishgunicha, uzoq rivojlanish yo'lidan o'tdi. Jahon iqtisodiyotining davriyligini yoritishdagi turli tuman qarashlarga e'tibor qaratish lozim. Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi sohasidagi ayrim tadqiqotchilar uning paydo bo’lishini Rim imperiyasining davriga ishora qiladilar. Bir qator mualliflar jahonxo'jaligining kelib chiqishini buyuk geografik kashfiyotlar davri va XV–XVII asrlarda kapitalning dastlabki to'planishi bilan bog'lashadi, ya’ni bu davrda bir qator rivojlangan g'arbiy Yevropa davlatlari (Angliya, Ispaniya, Portugaliya) Osiyo, Amerika va Afrika hududlarini o’z ta’sirlari ostiga oladi. bo'ysunadi. Metropoliya va koloniyalar o'rtasida yaqin bozor munosabatlarining shakllanishi yuzaga keladi. Asta-sekin xalqaro tovar ayirboshlash va eksport qilinadigan kapital hajmi o'sib boradi.
Iqtisodchilarning aksariyati zamonaviy jahon iqtisodiyoti XIX–XX asrlar bo’sag’asida da shakllangan deb hisoblashadi. Bu vaqtga kelib, Yevropaning yetakchi mamlakatlarida, shuningdek, AQSh, Rossiya va Yaponiyada iqtisodiyotning sanoat va agrar tarmoqlarini mexanizatsiyalash va elektrlashtirishga olib kelgan dastlabki ikki ilmiy-texnik inqilob sodir bo’ladi. Ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyasining jarayoni tezlashadi, monopoliyalar hosil bo'ladi (kelajakdagi sanoat va moliya korporatsiyalarining prototipi). Konveyer ishlab chiqarishning, texnik yangiliklarning joriy etilishi ichki va tashqi bozorlarga tovar yetkazib berishning o'sishiga olib keladi. Tez sur'atlarda bozor infratuzilmasi o'zining asosiy bo’g’inlari bo’lgan kredit va moliya institutlari, fond birjalari, sug'urta kompaniyalari bilan rivojlanadi. Dunyoning yetakchi davlatlarining iqtisodiy qudratining kuchayishi ular o'rtasidagi raqobatning keskin tus olishiga, hududiy ekspansiyaga (kengayishga) olib keladi. Qarama-qarshi tomonlarning ittifoq bloklari hosil bo’ladi. Shunday qilib, zamonaviy jahon xo’jaligi shakllanishining birinchi bosqichi XIX asrning so'nggi choragi– 1913 yilni qamrab oladi.
Ikkinchi bosqichda (1914-1945) mustamlakachi kuchlar o'rtasidagi jahon tovar bozorlari va tabiiy resurslar uchun kurash juda yuqori darajaga yetadi va ikkita jahon urushiga olib keladi. Dunyoning siyosiy xaritasida katta o'zgarishlar ro'y beradi: mustamlakachi imperiyalarning qulashi, masalan, Usmonlilar imperiyasi; dunyodagi birinchi ma’muriy-buyruqbozlik xo'jaligiga ega davlatning SSSR ning paydo bo’lishi. G'arbning yetakchi mamlakatlarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oshish tendentsiyasi kuzatiladi. Bu, ayniqsa, iqtisodiy va harbiy notinchliklar davrida sezilarli bo’ldi.
Uchinchi bosqich – 1940-1980 yillar xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti shakli mavjud va mavjud bo’lmagan davlatlarning to'qnashuvi bilan tavsiflanadi. 1960 yillarning boshida mustamlaka tizimining butkul parchalanishi sodir bo'ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning katta guruhi avtarkiyani (izolyatsiyani) yengib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. 1970 yillarda jahon xo’jaligida yetakchi mavqega AQSh, G'arbiy Yevropaning bir qator davlatlari va Yaponiya chiqadi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi yangi sanoat mamlakatlari (Gonkong, Koreya Respublikasi, Singapur) va yaqin Sharqdagi neft qazib chiqaruvchi davlatlarning (BAA, Saudiya Arabistoni) iqtisodiyoti jadal rivojlana boshlaydi.
Ushbu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalar: baynalmilallashuv, milliy iqtisodiyotlarning yanada yaqinlashishi va o'zaro ta'sirida va transmilliylashuv - transmilliy korporatsiyalarning (TMK) rolining kuchayish jarayonida namoyon bo’ladi.
To'rtinchi bosqich 1990-larning boshidan boshlab hozirgi kungacha davom etmoqda. Eng muhim voqea - Markaziy va Sharqiy Yevropa, Osiyo davlatlarining bozor iqtisodiyotiga o’tishidir. Dunyoning yetakchi davlatlari iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga – postindustrial, axborot-texnologiya jamiyatiga kirishdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Braziliya, Hindiston, Xitoy, Meksika, Turkiya, Janubiy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotini alohida qayd etish lozim. Bosqichning asosiy tendentsiyalari:

  • iqtisodiyotni liberallashtirish yoki iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni kamaytirish jarayoni,

  • integratsiya yoki mamlakatlarning qit'a ittifoqlari - Yevropa Ittifoqi, NAFTA va boshqalar ichida siyosiy-iqtisodiy birlashuvi,

  • globallashuv, mamlakatlar, mintaqalar o'z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishi, bozorlarni birlashtirish jarayoni.

Zamonaviy davr jahon valyuta-moliyaviy, xom-ashyo, iqtisodiy inqirozlarning ortishi bilan tavsiflanadi. Davlatlarning ajralib ketishiga olib keladigan geosiyosatning kuchayishi sharoitida insoniyatning global muammolarini birgalikda hal qilishning yo'llarini topish qiyin.

Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish