Nazorat va mulohaza uchun savollar
«Buyuk ipak yo‘li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar ravnaq topishidagi o‘mi niinalardan iborat?
«Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalarda ijtimoiy mehnat taqsimotining qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berilgan?
«Avesto» asarida qashshoqlikni yo'qotish borasida qanday tadbirlar asos qilib olingan?
«Aipomish» dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta’limot.idagi qanday mezon sabab bo‘lgan?
Xalq maqollaridagi iqtisodiy ftkrlami bayon ettiiing.
Islom ta’Umotidagi iqtisodiy g‘oyalami qanday gumhlarga ajratish mumkin.
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g‘oyalaridagi umumiy va xususiy jihatlami so‘zlab bering.
Milliy iqtisodiy tafakkur shakllanishida Markaziy Osiyo donishmandlari iqtisodiy g‘oyalarining ahamiyatini so‘zlab bering.
IVbob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G‘OYALAR
4Л. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyaIar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritiidi. Bunga to'g'ri tanlab oJingan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatrtmg butkul ishlarini: soUq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, t aft ish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi tocg‘riiigi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlarsadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arbobtarga suyurg‘o! tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saitanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kmdalik xarajatlami yozib borish uchun bir kitob tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo'lgan:
Suyurg‘ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi maikaziy xazinaga to‘lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig’i - xiroj olganlar.
Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.
Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etilardi, Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta aharaiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdar. mablag4 ajratilgan.
Askarlarga, askarlaming rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yohud birorta xarob bo‘lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yih raiyat ocz roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilgan.
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan Buyuk ipak yo'lida karvonlaming xavfsizligini ta’minladi .Mashriqdan mag'ribgacha bo'lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turii rabodlar, karvomaroylar, savdo rastalari qurdirdi.
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal’a boshlig‘i zimmasiga yuklangan. Soliq olish Qur’oni Karim ta’limotiga muvofiq edi. Hadis va «Hidoya» kitoblarida bu to'g'rida to‘la ma’lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olimnagan, Raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kam bag allash ish iga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esasipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o‘z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi Path etilgan yerlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo'lsa, ulamirg roziligi bilan ish ko‘rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning imumdorligiga qarab yigsinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol- mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. Cfsha mamlakatdan tushgan o‘lja mollami hisob-kitob qilsinlar», - degan edi.
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo'lgan. Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat’iy olib borilgan,
taftish yo‘lga qo‘yiIgan edi. Buning uchun ma’lum mas’ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar,
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur tnzuklari»da to'la bayon etiigan. Tuzuldar Amir Temurning 1342- 1405-yillar oralig‘idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
Shohruh Mirzo va Mirzo Ulugbek davridagi iqtisodiy islohotlar
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi mamlakat» degani) 1428- yilda Ulug‘bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- gimmatinj oshirish uchun harakat gilii\gan.
0‘sto davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo£lib, savdo rivojiga to'sqinlik qilgan. Ulug'bek yengil vaznda zarb etiigan va muomalada yurgan barcha chaqa pullami bekor qilldi. Eski chaqalami yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullaiga bo‘lgan talabini qondmsh uchun bir vaqtning o‘zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Ter- miz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bii xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalaiga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Sa- marqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya’ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti
mamlakatda hunarmandchilik buyurdarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’nl hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
lHug‘bek (1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida ma&hhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
0‘sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo‘Isa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqmng pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavennaydi. Shulami yaxshi tushungan hukmdorlar soliqnl iloji boricha me’yorida saqlab, uni yig'ishning ma’lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan, Ulug'bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan awal soliq to‘plash qaf iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina i ceal saliq to ‘tesk imkonigd ega bo‘la<3i Soliqaniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo'lingan:
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko‘pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo‘li» xavfsizligini ta’minlash borasida katta ishlami amalga osliiiganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta mustahkamligiga bevosita bog‘Uq. Ma’lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud: 1) qiymat olchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‘arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot, posangisi, muvozanati buziladi. Shulami hisobga olib, vaqti-vaqti bilan . pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yiIi Ulug‘bek tomonidan o4kazilgan' islohot katta ijobiy ahainiyatga ega bo‘ldi. Muomaladagi ftilusiy pullar almashtirildi. Ulug‘bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarnmg mohiyati
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g'oyalar muhim oVrirmi egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatm tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta Jhissa qo‘shdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 1469-yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag'ishlangan «Hiloliya» asaridir.
1482-yilda yozilgan «Yaqfrya» asarida A.Navoiy shaxsan o‘zinmg yeriaridan olingan daromadi misolida daromadning o‘z xarajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismmi aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0‘g‘rilik, ta’magirlik va zo'rlik hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu yo‘l bilan boylik orttirayotgan kishifami jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan qatlam deb ta’riflaydi.
A.Navoiy ijodining durdona asariaridan biri 1500-yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asaridir.
Navoiy bu asarida jamiyatni ijtimoiy tabaqalarga bo‘lib3 ulaming jamiyatda tutgan o4rnini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Asarnmgbirinchi qismida ulaming tabaqalariga va kasblariga tavsif beradi. Ikkinchi va uchmchi qismlarda yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to'g'risida ma’lumot beriladi. Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy ne’mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim ofrin tutadi.
A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yemi yorish bilan rizq yo'lini ochuvchidir». Dehqon, ya’ni ishchi kuchi mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish vositalarming moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e’tirof etadi: «Qo‘shi ham ikki zo‘r polvon bo'lib, yukiga bo'ysunib oldida yuradi, ishjashda hamdam va hamqadam, dehqon ulami surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xaiqqa ham yetar ovqat ham barakatf».
Navoiy qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi degan o‘ta ilg'or fikmi ilgari suradi.
Bu fikr o‘sha davr, ya’ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o‘ta to‘g‘ri fikrgina bo‘lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir.
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo'lgan savdogarlaming o‘zini ham ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson ma’naviyatmmg kamoloti bilan uyg‘unligini takror-takror qayd etganlar. Jumladan, mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak ma’naviyat bilan quyidagicha bog1 lagan:
3i>
Do'stlaringiz bilan baham: |