«Buyuk ipak yo‘Ii»ning Marka/iy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarmi bog'lovchi qadimgi savdo yo‘li — Buyuk ipakyo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan, ipakeksport qilinganligi sababli «Ipak yo%> nomi Man shuhrat qozongan. Bu yocl m.av. II asrdan to milo- diy XV asrgacha, suv yo‘Tlari rivojlanguncha Xifoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0‘rta Yer dengizi mamlakatlari o‘itasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalaming rivojida muhim rol o'ynagan, Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Landjjou orqali Dunxuanga kelgaa (Xutan), u yerda ikkiga ajralib,bm shimoli-g‘aibga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining unmmiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- yil ushbu yo‘na!ishga ilkbor «Buyuk ipakyo'U» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi,
Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg'ar, Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan Sosg‘dning markazi Samarqaad va Maig'iyona (Marv)gayo‘nalgan. Ipakyo'Ii Farg‘ona vodiyada yana juft tarmoqqa bo'lingan. Janubiy qismi Oczgandan 0‘sh, Quva, Maig‘ilon, Qo‘qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Uoq vohasi hamda Toshkent tarafga engan, Demak, Qamchiq tarixiy yo‘lning uzviy boiagi hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Sharq va G'arbrti turli jibhalarda bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo‘l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazla- malar, gilam va polosiar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmat- baho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona )dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mus- taqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy den- gizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yev- ropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yofl loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
0‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o‘mi va eksport potensialiga e’tibomi qaratsak, Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0‘zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga ko'ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma boylildari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga raehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar liammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar), miniatura. san’ati yuqori damjada bo%an. Shu sababli kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallaganL
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo‘lganligi ma’lum. Otlar xalq xo‘jaIigining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'yoash, kabilarga nihoyatda qadrlangan va otlar eksportda yetakchi ocrin egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta yetishtirish va ipdan olinadigan mahsulot asosiy o‘rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni 0‘rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako‘l ten beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. Ulammg terisi bilan savdo qilish muhim abamiyat kasb etgan.
Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta’limotidagi iqtisodiy g‘oyalar
Iqtisodiy munosabatlaming huquqiy asoslari Mom ta’limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Maig'inoniyning «Hidoya» asari shular jumlasidandir. Al-Marg'iloniy 1123-yil 23- sentabrda tug‘ilgan. Qur^onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab, filch
islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqurbilimga ega bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Maig‘inoniy nomlari1 bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta’limni Marg‘ilonda olib, keyinchalik Samarqandga ko‘chib borgan va umrining ohirigacha o‘sha yerdayashagan. Bizgacha uning o‘nga yaqin asari yetib kelgan. «Al-Hidoya» asari esa 1178-уШ Samarqandda yozilgan. Bu asar Hanafiya mazhabining fikh masalalari bo‘yicha asosiy qo‘llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musuJmon olamiga mashhur bo‘lib, musulmon huquqi — fikh bo‘yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. «Al-Hidoya»ning birinchi kitobi to‘rt jilddan iborat bo‘lib, har biri alohida muammolami tahlil etadi. Bu kitob 1994-yilda professor A.X. Saidovning izohi bilan nashr etiigan. Kitobning 3-jildida oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilaming vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘Iish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘Mi, pulni saq- lashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida chek- langan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiylik, bos- qinchilik hususidagi masalalar yoritilgan.
Xalq og‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar
0‘zbek xalqi iqtisodiy tafakkurining rivojlanishining muhim manbalardan biri xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namu- nalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo‘shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo'lganligini dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, Alpomish dostonining ming yilligi Respublikamizda 2000-yilda keng nishonlandi. Asaming badiiy ahamiyatidan tashqari, undagi iqtisodiy qarashlar ham muhim o‘rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:
Islom ta’limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlami negizini zakot va juzya to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi. Ya’ni Qo‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo‘ri bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to‘lovi bo'yicha nizolardir.
Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan ko'rinadiki, o‘sha davrga kelib chorvachilik tarmog‘i Qo‘ng‘irot elining ixtisoslashuvining ko'rsatkichidir.
Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha, qo‘ng‘irotliliklaming tovar-pul munosabatlarida natura to‘lovlari
ustuvorligi namoyon bo‘Iadi. Qalmiqlar davlatida esa daromad va xarajatlarni tartibga solish muhrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor daromad va xarajatlar bo'yicha hisob-kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig'ib, topshiriladigan soliq va yig'imlarga tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etiigan. Ulaming maoshi to'plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomalada ishlatiladigan pul birliklan qo‘shm mamlakatlarda zarb qilingan oltin va kumushlar ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaraing mohiyati
X-XII asrlarga kelib 0‘rta Osiyo ilg'or ijtimoiy taMkuming Sharqdagi yiiik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda 0‘ita Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog£lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan mmglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shaldlantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan AJ-Farg*oniy, Ai-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizora-ul-iiralk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar.
Forobiy 0‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlaming qariyb barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muailim - us-soniy» - «Ikkinchi тиаШт» deb atay boshladilar.
Olimning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki, Forobiy o‘z ustozi Arastu g‘oyalarmi har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi. Jamiyat shakilanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqida ta’Iimot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan «Ehtiyoj»ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat quronari o'mini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to’g'risidagi g'oyalari nihoyatda ahamiyatlidir. Masai an, shahar tartibotida eng asosiy narsa
mulk, noz-ne’matlami to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, awalo, yer va joylaming miqdori, keyin ulaming egalari va tutgan o‘rinJari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq- ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiv uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarfling soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 dan ortig‘i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turii tabiiy fanlarga, 3 ri- sola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Lekinbizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, Olimni hurmatlab, «Shayx ur-rais» deb atagardar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog‘lig‘ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog'liqligi, ayniqsa, ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan kategoriya «ehtiyoj»m ta’rfflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurol- laxininmg o‘mini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G‘arbiy Yevropada faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga aloliida diqqatni jalb etadi,
Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’mat lari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, turaijoy yara- tadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak».
Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o‘z baxtini o‘zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asaiida ko‘isatib beradi.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo‘lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g‘oya ilgari surilgan. Uning ko‘pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.
Beruniyning kishilik ehtiyojlaiining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlar uyg'unlashib ketadL Uning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turii- tuman va ko‘p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turaijoy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb bilgan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnflti, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. «Har bir davming urf-odatlari o'ziga xos boiadi va inson ahli ularga rioya qil-mog‘i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib ham yo‘q bo'ladi», - deb uqtiradi buyuk donishmand.
Beruniy og'ir jismoniy melmat qHuvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar qidirtfvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida e’tibor beriladi, yerosti konlariiii mustahkamlash (falokatning oldini olish uchun), yerosti suvlarmi chiqarib tashlash, olingan rudani yuqo- riga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog'ini baipo etish zarurligi ko‘rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi.
Ynsuf Xos Hojib, Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylaming markaziy shaharlaridan biri Bolasog‘unda tug‘ildi(olamdan o'tgan yili noma’lum). BoMajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlami, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlami puxta o'rganadi.
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‘u bilig»(Qutga, ya’ni baxt- saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg‘achxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‘asi) degan martaba in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muiiy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo'yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etiigan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rgamlgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tay- yorgarlik ko‘rilgan.
Xalq, raiyat (soliq to'lovcbllar) mamlakat hukmdoridan uch narsa- ni kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrim ko'tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’min- lovchi qonunlarni joriy etish va 3) yo'llami о ‘g ‘ ri -qaroqchilardan muhofaza qiiish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘Iashni chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do'stiga do‘st, dmh- manga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi, Ko‘iinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda mflatsiya muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholaming mo‘tadilligi ham ta’min etiladi. U, o‘z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomala- dagi valuta masalalariga borib taqaladi.
Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlami yechishga qodir», - deb yozadi alloma.
Do'stlaringiz bilan baham: |