«Marshall xochi» — talab va taklif egri chiziqlarining kesishganligini ko'rsatadi; kesishgan nuqta ulaming muvozanatini hamda turg‘un bahoni ko'rsatadi.
Fridman Milton (1912-2006, Nyu York) — iste’mol: pulning tarixi va nazariyasi sohalaridagi tadqiqotlari uchun 1976-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Uning pul to'g'risidagi g'oyalari (moneta- rizm) AQSHda R.Reygan, Buyuk Britaniyada M.Tetcher iqtisodiy siyosatida qo‘llanilgan.
Samuelson Pol (1915, AQSH) - kofp marta qayta nashr etilgan «Ekonomiks» (1948) daisligini yaratdi (rus tiliga ham ag'daritgan), 1970-yilda iqtisodiyot fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo'sh- gan hissasi uchun Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy ishlari bor. «Aralash iqtisodiyot»ning nazariyotchisi. Neoklassik tahlil bo'ycha, taraqqiyotning «to'rt g‘ildiragi» asoschisi.
Neoliberalizm — neoklassikaning bir oqimi, klassik iqtisodiy maktabni va keynschilikni birga qo‘llash tarafdori, bunda davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi taklif etiladi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881-1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo'lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat’iy qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974-yiida Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti» yuzaga keladi, lining asoschilari — nemis olimlari V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erxard (1897-1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g'oyalari mustaqil 0‘zbekiston iqtisodiyotida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidaiari: erkin baholaming zarurligi; erkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo'jaligida shu shartlami kafolatlashi va uning ijtimoiy yo'naltirilgan rivojini ta’minlash. U nafaqat ma’muriy- buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil O'zbekistonda undan ijobiy foydalanilmoqda.
Lukas R.I. — neoliberalizmning tarafdori, «Ratsionaf kutilmalar» nazariyasi uchun 1995-yiida Nobel mukofoti sovrindori. Ijtimoiy- institutsional yo‘nalish evolutsiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial (neoindustrial) jamiyat sari boradigan konvergensiya nazariyalarida (Gelbreyt, P.Sorokin — AQSH, Raymon, Aron — Fransiya, Tinbergen - Niderlandiya) kapitalizm va sotsializmning ilg£or tomonlarini olish va amalda qo'llash taklif et iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |