va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta’sis etiladi
va ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni
notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u
tashkilotlari o’zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda
shartnoma bo’yicha notijorat tashkilotlari bo’lgan assotsiyatsiyalar yoki
uyushmalar ko’rinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda
qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va
muvofiq o’zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi ta’minlanishi
kerak.
Kartelь
- bu, qoidaga ko’ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko’proq
birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo’lgan bitimga
kiradilar. Amalda kartelь odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish
hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartelь
uchun ishtirokchilarning o’z tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib
qolishi va shuning bilan ta’minlanadigan xo’jalik va yuridik mustaqillik,
mahsulotlarni sotish bo’yicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab
chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Sindikat
- bu kartelь bitimining turli-tumanligi bo’lib, tadbirkorlarning
byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki
ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir
qismini (yagona sotish tarmog’i yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish
maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirok- chilari o’zlarining
yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba’zida esa sindikatning sotish idorasi
yoki jamiyat bilan bog’lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar .Bunda
tijorat mustaqilligi qisman yo’qoladi. Sindikat, qoidaga ko’ra, ommaviy talab
tovarlari, xususan ko’mir, po’lat, neftь, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish
bilan shug’ullanadi.
Trest
- bu birlashmada har xil korxonalar, o’zlarining yuridik va xo’jalik
mustaqilliklarini yo’kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga
birlashadilar. Trestda korxonalar xo’jalik faoliyatining barcha tomonlari
birlashtiriladi. Trest ishlab chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan
ajralib turadi. Bu shakl kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom
ashyoni izchil ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi
barcha korxonalar yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh
kompaniyaga bo’ysunadilar.
Kontsern
- bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish
xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar,
moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida
bog’lanadilar. Birlashgan korxonalar aktsiyadorlik jamiyati yoki o’rtoklik
shaklidagi yuridik shaxs bo’lib qoladi. Kontsern o’ziga kiruvchi kompaniyalar
faoliyatini to’liq nazorat qiladi.
Konsortsium
- bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o’rtasidagi
qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari,
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: