Davlat unitar korxonalari
. Unitar korxona deb davlat mulki bo’lgan va
korxonaga xo’jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida
tegishli bo’lgan, o’ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo’lmagan
tijorat tashkiloti tan olinadi.
Notijorat tashkilotlar
- bu o’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda
olishni ko’zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini
faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish
maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi.
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
-
matlubot kooperativi;
- ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar);
- jamg’armalar (fondlar);
-
muassasalar;
-
yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |