4.Asosiy tashkiliy - huquqiy shakllar.
Hozirgi sharoitlarda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot
munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi bo’ladi.
Tijorat, ya’ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning
tarixi tomirlari bilan an’anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu
shakllari amalda uzoq o’tmishning barcha buyuk tsiviliziatsiyalarida qayd
etilganlar. Ko’proq savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik
korxonalari keng tarqalganlar. Ulardan ba’zi birlari katta yutuqlarga erishganlar va
nisbatan murakkab tashkiliy tuzilmaga ega bo’lganlar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo’yicha tasniflash qabul
qilingan:
xo’jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sug’urta, savdo,
injiniring,sayyohlik va boshqalar);
huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi);
mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);
faoliyat sohasi;
o’lchami.
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani o’rganish natijasida
tashkiliy-huquqiy shakli, uning iste’mol bozoridagi holati, firma ichidagi
munosabatlar, faoliyatning xarakteri va ko’lamlari haqida to’liq tassavvur olish
imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat
yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy
ta’minlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim
- mintaqa, soha, mamlakat, qo’shma tashkilot esa - jahon hamjamiyatning
tuzilmasi bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hozir bozor munosabatlarini shakllanishi
bosqichidadir. Ushbu jarayonni huquqiy ta’minlashining ko’pgina yo’nalishilari
hozir yangilangandirlar. Bu eng muhim yo’nalish – tashkilotlar faoliyatini huquqiy
tartibga solishga ham tegishlidir. U hammadan avval O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va
tashkilotlar - yuridik shaxslarning qo’yidagi tashkiliy – huquqiy shakllarini
belgilaydi:
- xo’jalik o’rtoqliklari va jamiyatlari;
-
ishlab chiqarish kooperativlari;
-
davlat unitar korxonalari;
-
notijorat tashkilotlar.
O’z navbatida xo’jalik o’rtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy –huquqiy
shakllarga ega bo’lishlari mumkin:
-
to’lik o’rtoqlik;
-
ishonchdagi o’rtoqlik;
-
ma’suliyati cheklangan jamiyat;
-
ko’shimcha javobgarlikka ega jamiyat;
-
ochiq turdagi aktsiyadorlar jamiyati;
-
yopiq turdagi aktsiyadorlar jamiyati;
-
sho’’ba va bog’liq jamiyatlar.
Mulkchiligida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan
mulkiga ega va o’zining majburiyatlari bo’yicha shu mulk bilan javob beruvchi
tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda
da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki
smetaga ega bo’lishlari kerak.
O’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlovchi tashkilotlar
(tijorat tashkilotlari) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni ko’zlamaydigan va
olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat
tashkilotlar) yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: