Mehnat adaptasiyasining asosiy jihatlari
Mehnat sosiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptasiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi: [1] Kasbga moslashish; [2] Moslashuvning psixofiziologik jihati va [3] Ijtimoiy-psixologik adaptasiya. Quyida mana shu adaptasiya turlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
[1] Kasbga moslashish. Adaptasiyaning kasb bilan bog’liq jihati xodimdan bajariladigan ishga qo’yiladigan talablarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. Bu xil moslashuvda obyektiv va subyektiv omillar mavjud bo’lib, kasbiy adaptasiyaning obyektiv omillari sifatida xodimning ma’lumoti, malakasi va tajribasini sanab o’tish mumkin. Subyektiv omillar qatoriga esa xodimning kasbga bo’lgan munosabati, yangi ish joyidan kutayotgan niyati va umidi kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |