(2.8-ilova) Guruhlarga topshiriq:
Topshiriq:B/BX/B usulidan foydalanib mavzuni yoriting.
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
(Izoh: O’quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi. ) (2.9-ilova)
Guruh
205
Sana
“TASDIQLAYMAN” O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rin bosari:_______________
“____”________2022 yil
Mavzu №__1__: Kompyuter tizimlarida axborotlarni ximoyalash __________________________________________________________________ O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: _6_ soat
Ta’lim oluvchilar soni: _29__nafar_
Oquv mashg’ulotining shakli va turi
Nazariy: o’quv amaliyoti
O’quv mashg’uloti rejasi
Axborot xavfsizligi muammosi
Fakt va raqamlar.
Axborot xavfsizligini ta'minlash yo’nalishlari
Amaliy tavsiyalar
O’quv mashg’uloti maqsadi:Kompyuter tizimlarida axborotlarni ximoyalash malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.
O’qitish natijasi.
O’quv nazariy mavzusini o’zlashtirish natijasida o’quvchida axborotlarni ximoyalash konikmalari shakillanadi.
Pedagogik vazifalar:
Axborot xavfsizligi muammosi
Fakt va raqamlar.
Axborot xavfsizligini ta'minlash yo’nalishlari
Amaliy tavsiyalar
O'quv faoliyat natijalari:
Axborot xavfsizligi muammosini aytib beradi
Fakt va raqamlar ko’rsatib beradi
Axborot xavfsizligini ta'minlash yo’nalishlari bajaradi
Amaliy tavsiyalar bilib oladilar
O'qitish usullari:
kichik axborotli/ ma’ruza/ tushuntirish/ ko‘rsatma berish/ namoyish. Ko‘rsatish/ video usul/ aqliy xujum (quyidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi).
O’qitish vositalari:
Bir o’quvchi uchun video rolik. 1. Kampyuter jamlanmasi 2. Video rolik
O'quv faoliyatining tashkil etish shakli.
guruhli, yakka tartibda.
O'qitish sharoiti
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan maxsus fan xonasi
Qayta aloqaning usul va vositalari.
Nazorat, bajarilgan ishlarni tekshirish, og‘zaki
savol - javob, hisobot.
Tashkiliy qism. 1.1. O‘quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. Yangi mavzu bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida ma’lumot beradi.
1.3. Baholash mezoni bilan tanishtiradi (1-ilova). 1.4. Birinchi o‘quv mashg‘uloti mavzusi va rejasi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o‘quv faoliyati natijalarini bayon qiladi
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
2-Bosqich Asosiy
( 200 daqiqa)
O‘quvchilar bilimini faollashtirish. 2.1 Tayanch bilimlarini aniqlash va rivojlantirish maqsadida “Blits- so‘rov” dan foydalaniladi. (2-ilova) javoblarni qabul qiladi, o‘quvchilar tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtirib yangi o‘quv materiali bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi.
Yangi o‘quv material bayoni. 2.2. Mashg‘ulotni reja bo‘yicha tushuntiradi, har bir reja slayd asosida namoyish qilish bilan olib boriladi (3,4-ilova)
2.3. O‘quvchilar bilimini mustahkamligini oshirish uchun savollar beradi( 5-ilova)
2.6 Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun nazorat savollari beriladi.
Mavzuni mustahkamlash. 2.7 Guruxlarga bo‘linib, guruxlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiriladi. (6-ilova)
2.8 Guruxlarda ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma beriladi. Mavzuni qay darajada tushunganligini aniqlash uchun Klaster jadvalini to‘ldirishadi (7- ilova)
2.9 Guruxlarda taqdimot ishi olib boriladi
Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi.
Tinglaydilar.
Slaydga e’tibor qaratadi,
savollar beradi.
erkin bahs-munoz
ara yuritadilar.
Erkin fikrini bayon etadi.
Yozib boradilar
eshitadi.
Guruxlarga bo‘linadilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Jadvalni to‘ldiradilar
Taqdimot qiladilar.
3-Bosqich Yakuniy
( 20 daqiqa)
Yakunlash. 3.1 Guruxlarda ish natijalarni taxlil qiladi
3.2.Guruxlarda o‘zoro boxolash natijalari ma’lum qilinadi natijalar sharxlanadi
Uyga vazifa 3.3 Keyingi mavzu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.(8-ilova)
3.4Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yhati beradi (9-ilova)
Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar
Informatika fani nimani o’rganadi? Informatika faniga asos slogan olimlar kim? Informatika fani qachon paydo bo’lgan?
(2-ilova)
Mavzu – 1. Kompyuter tizimlarida axborotlarni ximoyalash Reja: Axborot xavfsizligi muammosi
Fakt va raqamlar.
Axborot xavfsizligini ta'minlash yo’nalishlari
Amaliy tavsiyalar Axborot xavfsizligi muammosi
Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo'l bilan axborot olish imkoniyatlarini hamma uchun-oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko'rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta'lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug'diradi: saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali boy ma'lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko'payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat sohalarida bugun axborotni o'zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va hamma bilishi mumkin bo'lgan axborot haqida gap borganda o'ta ijobiy hodisa. Lekin pinhona(konfidentsial) va maxfiy axborot oqimlari uchun Internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muhitida axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi:
Axborot o'g'irlash
Axborot mazmunini buzib qo'yish, egasidan iznsiz o'zgartirib qo'yish
Tarmoqqa va serverlarga o'g'rincha suqulib kirish
Tarmoqqa tajovuz qilish: avval qo'lga kiritilgan transaktsiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo'yin tovlash" , jo'natmalarni ruxsat berilmagan yo'l orqali yo'naltirish.
Axborot xavfsizligini ta'minlash quyidagi uch asosiy muammoni yechishni nazarda tutadi. Bular:
Pinhonalik(Confidentiality)
Butunlik(Integrity)
Qobillik(Availability)